Перейти к содержимому

Matnazar Abdulhakim - Darsdan so'ng

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi

0:00 / 0:00

Matnazar Abdulhakim - Darsdan so'ng

4 514 просмотров · 4 г. назад
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi
1,24 тыс. подписчиков
4 514 просмотров · 4 г. назад
#MatnazarABDULHAKIM74 Matnazar ABDULHAKIM 1948-yil 20-fevralda Xorazm viloyatining Urganch tumanida tugʻilgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2000). Rossiyaning Taganrog shahridagi Rus tili va adabiyoti institutini tamomlagan. “Tiniq tonglar” (1982), “Fasllar qoʻshigʻi” (1984), “Qor qoʻshigʻi” (1990), “Yonimdagi daryolar” (1993), “Qorachikdagi dunyo” (1994), “Bir kuchoq gul”, “Oydinlik” (1997), “Soʻnggi yaproq” (1999) kabi kitoblari nashr qilingan. Shayx Najmiddin Kubro, Shayx Majdiddin Bagʻdodiy, Pahlavon Mahmud, Mirzo Bedil asarlarini forsiydan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ushbu video lavha Xonqa tuman Axborot Kutubxona Markazining Axborot kommunikatsiya texnologiyalar va raqamlashtirish xizmati tamonidan tayyorlandi. Matnni AKT xizmati rahbari D.Olloquliyev o'qidi. DARSDAN SOʻNG Kimnidir koyidi chekkani uchun. Tortib olib qoʻydi gugurtini ham. Mashq daftarlarin yigʻdi-da, soʻngra Bir-bir sanab koʻrdi. Yetti daftar kam. “Har gal shunday ahvol. Uyalmaysizmi? Kelasiz oʻqishmas, qilish uchun sayr. Bu safar ham ikki qoʻymay turaman, Ertaga qolganlar topshirsinlar. Xayr”. Qish kuni — bir tutam. Qoraygandi qosh. Ikkilandi. Oʻtmak kerak, axir, qirdan. Eri ham kelmadi olib ketishga “Koʻngli sovidimi...” — vahm etdi birdan. Hamkasb dugonasi qistovga tutib, “Tunab keting, — dedi . — Kech boʻlib qoldi” Koʻnmadi. Qoʻltiqlab mashq daftarlarni Uyga yolgʻiz oʻzi yayov yoʻl oldi. Ovul tugab, endi qirga chiqqanda Oqshom quyuq edi, atrof sim-siyoh. Yoʻldan qaytmoqchi ham boʻldi bir oʻyi. “Oʻgʻlim xastalanib qoldimikan yo...” Yuragini battar vahima bosdi, Qamradi tundan ham battar bir qoʻrquv. Oʻnqirmi, choʻnqirmi, oʻrmi, qir demay Yana ketaverdi, ketaverdi u. Mudhish bir sharpani ilgʻadi nogoh, Razm solsa qashqir. Qilardi taʼqib, Esladi yirtqichning qoʻrqishin oʻtdan, Iziga bir daftar tashladi yoqib. Qashqir toʻxtab qoldi. Soʻng — yana, yana, Muallima omon topgan bu olov Yirtqichga berardi ilojsiz sabr. Yoʻlovchi — yoqardi, qashqir — toʻxtardi, Tin olardi ikkov har daftarda bir. Yoʻl uzoq, tun qaro, qashqir esa och, Och yirtqich bilarmi nadir sadoqat. Uyga yaqin qolgan vaqtda tutadi Muallimda daftar, qashqirda — toqat. Uvvos figʻon tutdi qishloqni tongda, Zamin aza ochdi, zamon yigʻladi. Daftar topshirmagan yetti oʻquvchi Hammadan ham yomon yigʻladi. Noʻnoq nazmim uchun afv et, xalqim, Na olim, na fozil, na soʻz piriman. Oʻz vaqtida daftar topshira olmay Qolgan bolalarning biriman. Men yaxshi bilaman, tumor qilmaydi Yozgan sheʼrlarimni oshiqlar. Men yaxshi bilaman, qoʻshiqlarim joʻn, Bilaman, bular bir oddiy mashqlar. Lekin... ketmakdasan kelajak sari Tap tortmay qismatning dasht, qirlaridan. Oʻzimcha asragim keladi seni Yovuzlik, xiyonat qashqirlaridan. Men mashq bajaraman, yozaman har kun Daraklar, soʻroqlar, xitoblarimni. ... Sen yoʻl boʻyi yoqib tashlab ketaver Qashqirlar qoʻrqquvchi kitoblarimni. ©Matnazar ABDULHAKIM