Hafta tahlili: Strategik muloqotlar va amaliy natijalar
UzA
0:00 / 0:00
Hafta tahlili: Strategik muloqotlar va amaliy natijalar
455 просмотров · 1 дн. назад
UzA
279 тыс. подписчиков
455 просмотров · 1 дн. назад
Yakunlangan hafta oliy darajadagi muloqotlar va muhim islohotlar bilan yodda qoldi:
🔹 Qatar Amiri bilan oliy darajadagi muzokaralar: savdo, investitsiya hamda energetikadagi yirik loyihalar körib çiqildi.
🔹 Özbek kinosidagi özgarişlar: Kinematografiya agentligi tugatilib, boş operator sifatida "Özbekfilm" milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi. Davlat buyurtmasi bekor qilinib, subsidiya ajratiş mexanizmiga ötiladi.
🔹 Tibbiyotda yangi bosqiç: Sohaga "Yangi Özbekiston tibbiyot standartlari" va şifokorlarni retsenziyalaş tizimi joriy etiladi. Soha mutaxassislari ijtimoiy va moddiy jihatdan keng qöllab-quvvatlanadi.
🔹 Prezident Olimpiadasi: Olimpiya şaharçasida 26 ta sport turi böyiça musobaqalar boşlandi. Ğoliblarga pul mukofotlari hamda oliy taʼlim muassasalariga kirişda imtiyozlar berilişi maʼlum qilindi.
🔹 Turkiy davlatlar taşkilotining Anqaradagi sammiti: Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdöğan bilan uçraşdi. Şuningdek, Anqarada ötkazilgan Turkiy davlatlar taşkilotining navbatdagi sammitida iştirok etdi.
Mazkur voqeiliklar tafsilotlarini batafsil "Hafta tahlili" dasturida tomoşa qilişingiz mumkin.