Перейти к содержимому

Tolibjon Badinov kuylaydi. Mumtoz qo’shiqlar to'plami

Xurshid Davron Kutubxonasi

0:00 / 0:00

Tolibjon Badinov kuylaydi. Mumtoz qo’shiqlar to'plami

3 115 просмотров · 2 года назад
Xurshid Davron Kutubxonasi
39,3 тыс. подписчиков
3 115 просмотров · 2 года назад
Толибжон Бадинов куйлайди. Мумтоз қўшиқлар тўплами / Tolibjon Badinov kuylaydi. Mumtoz qo’shiqlar to'plami Tolibjon Badinov (1935 — 2001) — 1935-yil 4-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati Izboskan tumani Chuvama qishlogʻida tugʻilgan. 1955-1962-yillarda Kirov nomidagi Oʻsh oʻzbek drama teatri artisti; 1962-yilda Toshkent davlat konservatoriyasiga oʻqishga kirdi va Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi maqom ansamblida solist; 1964-1973-yillarda Toshkent shahridagi Muqimiy nomidagi teatr artisti; 1973-yildan yana S. M. Kirov nomidagi Oʻsh drama teatri artisti lavozimida faoliyatini davom ettirgan. Koʻp yillik faoliyati davomida u 30 dan ortiq spektakllarda oʻynadi, asosan musiqali dramalarda bosh rollarni ijro etib muhlislar koʻnglidan munosib joy egalladi. 1980-yilda Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Uning sahnada yaratgan betakror obrazlari tomoshabinlar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. T.Badinov qoʻshiqlari, maqomlari yozilgan plastikalari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston teleradiokompaniyalarining Oltin fondiga kiritilgan. 1988-yilda Qirgʻiziston SSR xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. U 2001-yil 6-mayda vafot etdi