Shuhrat Teshayev Koreya bilan hamkorlik yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda
Buxoro davlat tibbiyot instituti
0:00 / 0:00
Shuhrat Teshayev Koreya bilan hamkorlik yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda
81 просмотр · 17 часов назад
Buxoro davlat tibbiyot instituti
12,2 тыс. подписчиков
81 просмотр · 17 часов назад
— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslari, ayniqsa, ta’lim va inson kapitalini rivojlantirishga e’tibor qaratilgani biz uchun muhim.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Janubiy Koreya bilan hamkorlikni izchil rivojlantirib kelmoqda.
Jumladan, Daegu Haany University bilan ta’lim va ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma loyihalar hamda zamonaviy tibbiyot va xalq tabobati yo‘nalishlarida tajriba almashish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, KOICA va Koreyaning boshqa hamkor tashkilotlari bilan ham aloqalarimiz rivojlanmoqda. Kelgusida bu hamkorlikni yanada kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va ilg‘or tibbiy ta’lim tajribalarini institut faoliyatiga joriy etish niyatidamiz.
Bu tashabbuslar yoshlarimiz uchun yangi bilim va imkoniyatlar yaratib, xalqaro tajribaga ega, zamonaviy fikrlaydigan tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashga xizmat qiladi.