AQSHNING QUROLI TUGAYAPTI. DUNYO TINCHIYDIMI?
Qalampir UZ
0:00 / 0:00
AQSHNING QUROLI TUGAYAPTI. DUNYO TINCHIYDIMI?
59 877 просмотров · 16 часов назад
Qalampir UZ
1,7 млн подписчиков
59 877 просмотров · 16 часов назад
AQSHning o‘q-dorilari tugayapti. Vashington nihoyat o‘zining doimiy “yengilmas armiya” va “tuganmas resurslar” haqidagi afsonasiga nuqta qo‘yib, Eronga qarshi operatsiyada o‘q-dorilari tugab borayotganini rasman bo‘yniga oldi. Eng qizig‘i, o‘zining zahirasi quriyotgan AQSH yana Isroilga milliardlab dollarlik vayronkor bombalarni sotishda davom etmoqda. Falastin xavf ostidami?
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Yevropa parlamentini “poraxo‘rlar uyasi” deb atadi hamda ularni ikkiyuzlamachilik, qo‘shaloq standartlar va ochiqdan ochiq islomofobiyada aybladi. Uning bu dangalligi ortida nima turibdi?
Jurnalist ayol Rossiya josuslik tizimini fosh qildi. U “rossiyaparast bloger” qiyofasiga kirib, Rossiya maxsus xizmatlarining Yevropadagi ayg‘oqchilik tarmog‘ini qisqa vaqt ichida fosh etib qo‘ydi. Unga aloqaga chiqqanlar oddiy vazifalardan tortib maxfiy topshiriqlargacha bergan.
Tramp Zelenskiyga dakki berdi. U dunyodagi yonilg‘i muammosiga o‘zining Eronga qarshi boshlagan urushi emas, Kiyevning zarbalari sabab bo‘layotganini aytdi. Moskva esa ichki yonilg‘i muammosidan qutulish va yaqinlashayotgan saylovlar oldidan vaziyatni o‘nglash uchun Vashingtonning bu tanbehini jon-jon deb olqishladi. Xo‘sh, Tramp haqiqatan ham dunyo iqtisodiyotini o‘ylayaptimi yoki o‘z saylovchilari uchun benzin narxini arzonlashtirish ortidan quvyaptimi?
Qalampirni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram: / qalampir.uz
Telegram: https://telegram.me/qalampir
Facebook: https://fb.com/qalampir.uz
TikTok: / qalampiruz_rasmiy
Twitter: / qalampiruz
#qalampiruz #qalampir