MUBINLOLO BILAN DANGAL SUHBAT
Amirxon Umarov
0:00 / 0:00
MUBINLOLO BILAN DANGAL SUHBAT
54 514 просмотров · 2 дня назад
Amirxon Umarov
1,76 млн подписчиков
54 514 просмотров · 2 дня назад
“MARKAZDA GAPLASHAMIZ” — INFORMATSIОN SHOU
“Markazda gaplashamiz” — jamiyatda eng ko‘p muhokama qilinayotgan voqealar, dolzarb muammolar va kun tartibidagi muhim masalalarni fakt, dalil va turli nuqtai nazarlar asosida tahlil qiluvchi haftalik informatsion shou.
Loyihaning asosiy maqsadi — tomoshabinga shunchaki yangilik yetkazish emas, balki “Nima bo‘ldi?”, “Nega bo‘ldi?” va “Bu jamiyat uchun nimani anglatadi?” degan savollarga javob berish.
Dasturda mamlakatdagi muhim voqealar, rasmiy bayonotlar, ijtimoiy muammolar, davlat idoralari faoliyati va jamoatchilik e’tiboridagi mavzular yoritiladi. Muhim mavzular jurnalistlar, mutaxassislar va studiya mehmonlari ishtirokida muhokama qilinadi.
ASOSIY RUBRIKALAR
“Haftaning eng muhim yangiliklari” — hafta davomida sodir bo‘lgan eng muhim va muhokamali voqealar.
“Markazda mavzu” — bitta dolzarb masala chuqur tahlil qilinadi: muammo, sabablar, faktlar va turli qarashlar.
“Mehmon bilan suhbat” — mavzu bo‘yicha mutaxassis, amaldor, siyosatchi, san’atkor, sportchi, bloger yoki jamoatchilik vakili bilan ochiq suhbat.
“Internet nima deyapti?” — ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar, xalq fikri va eng ko‘p tarqalgan munosabatlar.
“Davlat kun tartibi” — Prezident faoliyati, Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar, Oliy Majlis, sud tizimi hamda ijtimoiy sohadagi muhim yangiliklar.
LOYIHANING O‘ZIGA XOSLIGI
“Markazda gaplashamiz” yangilikni shunchaki aytib beradigan emas, uning ortidagi sabab va oqibatlarni ochib beradigan informatsion loyiha.
Shouda tezkorlik, xolislik, faktlarga asoslangan jurnalistika va ochiq muloqot asosiy tamoyil hisoblanadi.
“Markazda gaplashamiz” — kun tartibidagi gaplar emas, kun tartibining o‘zi haqida gaplashamiz.