Перейти к содержимому

САМАРҚАНД ВИЛОЯТИ ПРОКУРОРИ ОҚДАРЁДА

Oqdaryo tumani hokimligi

0:00 / 0:00

САМАРҚАНД ВИЛОЯТИ ПРОКУРОРИ ОҚДАРЁДА

45 просмотров · 23 часа назад
Oqdaryo tumani hokimligi
69 подписчиков
45 просмотров · 23 часа назад
#Bugun #Prokuratura YANG‘IQO‘RG‘ON MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI Bugun Samarqand viloyati prokurori Murodqosim Eshnazarov tomonidan Oqdaryo tumani sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar hamda O‘zSanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida Yang‘iqo‘rg‘on mahallasida aholini kambag‘allikdan holi hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. O‘rganishlar davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish, xonadonbay ishlash tizimi asosida mavjud muammolarni aniqlash va ularga amaliy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni ishga tushirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining imtiyozli kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga har bir xonadon daromadini oshirish, ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Shu bilan birga, Oqdaryo savdo kompleksi buyum bozorining Yang‘iqo‘rg‘on filiali ko‘zdan kechirilib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, viloyat prokurori tumanimiz hududidan o‘tuvchi M-37 magistral yo‘li bo‘yida Logistika markazini tashkil etish loyihasi bilan tanishib, loyiha doirasidagi xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.