103-maktab internatida o'quvchilarning kasbiy ko'nikmalarini aks ettiruvchi ko'rgazma bo'lib o'tdi.
Respublika ta`lim markazi | Rasmiy
0:00 / 0:00
103-maktab internatida o'quvchilarning kasbiy ko'nikmalarini aks ettiruvchi ko'rgazma bo'lib o'tdi.
17 996 просмотров · 4 года назад
Respublika ta`lim markazi | Rasmiy
42,4 тыс. подписчиков
17 996 просмотров · 4 года назад
Dunyodagi yagona nogironlik - yomon xulqdir. Qalbi butun insonni nogiron deyish - xato.
©️Shuhrat Sattorov
Toshkent shahridagi 103- Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatda o'quvchilar tayyorlagan mahsulotlarning ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko'rgazmada Respublika ta'lim markazi ham ishtirok etdi.
103- Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat asosan kasbga yo'naltirilgan bo'lib, bu yerda 308 nafar o'quvchi tahsil oladi. Ular duradgorlik, chilangarlik, sartaroshlik, tikuvchilik, pazandalik kabi inson hayoti davomida kerak bo'ladigan hunarlarni o'rganishadi.
O'quvchilar bu yerda qobiliyatlari bor yo'nalishni eng elementar texnika xavfsizligi qoidalaridan tortib, mukammal darajagacha o'rganishadi. Maktab bitiruvchilari esa o'z mehnati bilan daromad qila oladigan, hech kimga muhtoj bo'lmaydigan, jamiyatning barcha bilan teng a'zosi bo'lib yetishadi. Ularning qayerda qanday ish bilan mashg'ul ekanliklarini maktab jamoasi doimiy kuzatib boradi.
Bugun, 19-noyabr kuni bu yerda o'quvchilar tomonidan yasalgan turli buyumlar, yaratilgan ijod namunalari namoyish etildi. Ko'rgazma davomida Respublika ta'lim markazi turli yo'nalishlar bo'yicha tashkil qilingan ko'rgazma burchaklarida o'quvchilar, o'qituvchilar bilan suhbatlashdi, ijod namunalari bilan tanishdi.
Respublika ta'lim markazi direktori tomonidan bu yerda o'rgatiladigan kasb turlari, ayniqsa kulinariya san'atiga oid, o'quvchi va o'qituvchilar foydalanishi uchun videodarslar yaratish, o'quvchilarga hunar o'rgatish jarayonida mehnat bozorini muntazam o'rganib borish, maktabda o'tiladigan darslarni shunga ko'ra doimiy takomillashtirish, o'quvchilar o'zlari egallagan hunar orqasida qayerda qanday foyda qilishni o'rganishlari uchun ularga zamonaviy biznes qoidalarini ham o'rgatib borish taklifi berildi.