Перейти к содержимому

11-Dars 1-Qism | أُحِبُّ اللهَ Men Allohni yahshi ko’raman | arab tilida مَفْعُولٌ بِهِ tushunchasi

Minimalist Muslima

0:00 / 0:00

11-Dars 1-Qism | أُحِبُّ اللهَ Men Allohni yahshi ko’raman | arab tilida مَفْعُولٌ بِهِ tushunchasi

18 124 просмотра · 4 года назад
Minimalist Muslima
39,5 тыс. подписчиков
18 124 просмотра · 4 года назад
Madina arab tili turkumidagi navbatdagi darsimizda 1-kitobdan 11-darsni o’rganishni boshlaymiz. 1–qism asosan arab tilidagi مَفْعُولٌ بِهِ ( to’ldiruvchi) tushunchasi haqida bo’ladi. 11-darsni 62-betidagi 2-mashqni bajarish orqali أُحِبُّ fe'li bilan tanishamiz va أُحِبُّ اللهَ kabi turli jumlalarni ko'rib chiqamiz. Avval, yangi qoidani o’rganib, turli الجُمْلَةُ الفِعْلِيَّةُ (JUMLAH FIILIYAH) lardagi فِعْلٌ - fe’lni, فاعِلٌ - ish harakatni egasini, va yana مَفْعُولٌ بِهِ - to’ldiruvchilarni aniqlashtirishga harakat qilamiz. Yangi grammatik tushunchani yahshi tushunishimiz uchun bir nechta o’tgan zamon fe’llari bilan ham tanishamiz. Ular: سَأَلَ - u so’radi شَرِب - u ichdi قَرَأَ - u o’qidi fe’llari. Dars davomida, 11-darsni 62-betidagi 2-mashqini bajarish orqali أُحِبُّ - (men yahshi ko’raman) hozirgi zamon fe’li bilan ham tanishamiz va مَفْعُولٌ بِهِ ishtirok etgan jumlalarga quyidagi kabi misollar ko’ramiz. أُحِبُّ اللهَ أُحِبُّ اللُّغَةَ العَرَبِيَّةَ أُحِبُّ أَبِي وأُمَّي TELEGRAM KANALIMIZ: Darslarni telegramda kuzatish uchun Qisqa Arab Tili Darslari kanaliga obuna bo’lishingiz mumkin. https://t.me/s/Qisqa_ArabTili_Darslari 1-Madina Arab Tili Kitobining elektron versiyasini ham telegram kanalimizdan yuklab olsangiz bo’ladi. DARSLARNI TARTIBLI RO’YHATI uchun link:    • Qisqa va Soddalashtirilgan Arab Tili Darsl...   ANDROID DASTURIMIZ: “Arab tili Darslari” android dasturni shu yerdan yuklab olib, o’rgangan bilimlaringizni tekshirib oling: https://play.google.com/store/apps/de... ARAB TILI DARSLARIMIZ KIMLAR UCHUN: Qisqa va soddalashtirilgan arab tili darslarini tayyorlashdan maqsadimiz o’zimiz kabi oddiy musulmonlarga Qur’on tilini oson shaklda o’rgatishdir. Darslarni arab tili olimi Shayh Abdur Raheem tomonidan yozilgan “Madina Arabic” yoki “Arabic Course” kitoblari asosida tayyorlaganmiz. Adabiy arab tilini qunt bilan o’rgangan talabalar Quron, hadis, va duolarlarni arab tilida o’qiganda ularni yanayam yahshiroq tushunishadi va ko’proq foyda olishadi deb ishonamiz. Nasib qilsa, har hafta yangi dars qo’yib borishga harakat qilamiz va darslarni kuzatib borish uchun kanalimizga obuna bo’lishni unutmang. #ArabTiliDarslari #arabtili #MinimalistMuslima #арабтили #arabtiligrammatikasi #MadinaArabtili