Перейти к содержимому

“Sud-pud demay buzasan” – Buxoro hokimi bog'cha binosini buzishga buyurdi

Vatandosh axborot portali

0:00 / 0:00

“Sud-pud demay buzasan” – Buxoro hokimi bog'cha binosini buzishga buyurdi

58 354 просмотра · 1 год назад
Vatandosh axborot portali
77,6 тыс. подписчиков
58 354 просмотра · 1 год назад
Axborot olami qiziq, tezkor olam. Qiziqligi-ki, yozish, gaplashish uchun mavzu doim bisyor, zerikmaysan. Tezkorligi esa shu qadarki, bu mavzular muhokamasiga ulgurib qolish o‘ta mushkul ish. Kunning birinchi yarmida qaynoqligidan ko'rgan ko'z, eshitgan quloqni kuydirar bo‘lgan yangilik, axborotni kunning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan boshqa bir qaynoq mavzu sovitib, qiziq emasga aylantirib qo'yishi mumkin. Bugungi dasturga tayyorgarlikda ham shunga o‘xshash holat bo‘ldi – gaplashish, sabablarini topib, tahlil qilish zarur bo‘lgan og‘riqli bir mavzuni o‘rganib, u haqda gaplashish uchun mehmon taklif qilgunimizcha, o‘zbek media olamida kechaning o‘zida boshqa ikki qaynoq mavzu zamonaviy tilda aytganda, "trend"ga chiqib ketdi. Ammo bo‘sh kelmadik, dastur muhokamasiga o‘sha "og‘riqli" va ham trenddagi ikki mavzuni olib chiqishga qaror qildik. Siz aziz tomoshabin trenddagi mavzularni sarlavhadan ham tushunib ulgurdingiz, avvalroq tanlangan mavzuga esa dastur davomida guvoh bo'lasiz. "Nuqtalar"ning ushbu soni mehmonlari o‘zbekistonlik ikki taniqli huquq himoyachilari – Abdurahmon Tashanov va Gulnoz Mamarasulova bo'ldi. 00:00 — Kirish 01:30 — “Buxoro viloyati hokimining gaplari jamiyatda islohotlarga nisbatan ishonchsizlikni oshiradi”. 06:53 — “Buxoro hokimining holati faqat matbuotga chiqqani xolos, chiqmagani ham juda ko'p”. 08:36 — “Hokimlarning qonunlarni mensimasligi O‘zbekiston uchun yangilik bo'lmay qoldi”. 11:13 — Mamlakatda hokimiyatlarning bo'linish prinsipi ishlamayapti. 16:23 — “Hokimliklar xalq orasida sud tizimiga nisbatan ishonchsizlikni oshirmoqda”. 19:03 — Hokim o‘rnida oddiy fuqaro bo‘lganda, nima bo‘lardi? 21:40 — “Xalqda hokimni bo‘shatish huquqi bo‘lishi kerak”. 25:39 — Vaziyat shunday davom etsa, nima bo'ladi?. 29:11 — “Taksichilar to‘g‘risidagi qarordagi argumentlar huquqiy asosga ega emas”. 32:22 — “Taksichilar haqidagi qaror mahalliychilik tuyg‘usi bilan yurgan rahbarlarning ishi”. 35:36 — Propiska tizimi qaytyaptimi? 40:08 — “Jamoatchilik muhokamasi bo‘lishi kerak edi qaror chiqishidan oldin”. 42:48 — Dunyodagi urushlarda qatnashayotgan o‘zbeklar haqida 47:06 — “Fuqarolik jamiyati vakillari O‘zbekistondagi qora tanlilar bo‘lib qoldi”. 49:44 — “Sudlar ayrim shaxslardan kelayotgan og‘zaki buyruqlarni qonundan ustun ko‘radi”. 54:12 — “Doimiy diplomatik ehtiyotkorlik davlat mustaqilligini savol ostiga qo‘yadi”. 55:28 — “Kuchli davlatlar ta’sirida qolish qonunchilikka ta’sir qilmasligi kerak”. 59:55 — “Butun dunyoda urushlar ketyapti, qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish kerak”. Telegram 👉 https://t.me/vatandosh_tv (@vatandosh_tv) TikTok 👉   / vatandosh.tv   Instagram 👉   / vatandosh_tv   (@vatandosh_tv) YouTube 👉    / @vatandosh_net   Facebook 👉 https://fb.com/vatandoshtv