Turg'un Alimatov & Alisher Alimatov. O'zbek mumtoz kuylari (1976)
Xurshid Davron Kutubxonasi
0:00 / 0:00
Turg'un Alimatov & Alisher Alimatov. O'zbek mumtoz kuylari (1976)
2 495 просмотров · 1 год назад
Xurshid Davron Kutubxonasi
39,2 тыс. подписчиков
2 495 просмотров · 1 год назад
Ўзбек мумтоз куйлари. 1976 йилда чиқарилган тўпламдаги куйларни Турғун Алиматов ва Алишер Алиматов ижро этган. / O‘zbek mumtoz kuylari. 1976 yilda chiqarilgan to‘plamdagi kuylarni Turg‘un Alimatov va Alisher Alimatov ijro etgan.
O'ZBEK MUMTOZ KUYLARI
1. CHORGOH (Tanbur)
2. FARG'ONACHA TANOVAR (Sato, dutor)
3. DUTOR NAVOSI
4. NASRI SEGOH (Tanbur, dutor)
5. NAVRO'ZI AJAM (Sato, dutor)
6. SEGOH (Tanbur)
7. GULUZORIM (Dutor)
8. SAMOYI DUGOH (Tanbur, dutor)
Turgʻun Alimatov (20-yanvar 1920-yil – 17-dekabr 2008-yil) – atoqli oʻzbek milliy sozandasi va bastakori, Oʻzbekiston xalq artisti (1992). Dutor, tanbur, sato asboblarini mahorat bilan chalgan. Alimatov dutor, tanbur va sato ijrochiligini mukammal oʻrganib, oʻziga xos ijro uslubini yaratdi. Alimatov ijrochilik uslubiga „badihagoʻylik, soz pardalarini oʻta mungli va dardli yangratish, torlarni nozik nolalantirib chalish“ xos.
Alimatovning musiqiy faoliyati 17 yoshidan umrining oxirigacha choʻzildi. Sozanda shoshmaqom turkumidagi kuylarni yuksak mahorat bilgan chalgan, oʻziga xos uslub va musiqiy bezaklar bilan boyitgan. Shuningdek, ushbu turkumdagi hamda Fargʻona-Toshkent yoʻlidagi noyob maqom namunalarining milliy musiqa xazinasining oltin fondi uchun yozib olinishida muhim rol oʻynagan.
Alimatov repertuarida xalq kuylari, maqom va mashhur ashulalarning cholgʻu yoʻllari („Dutor navosi“, „Tanavor I—II“, „Tanbur navosi“, „Chorgoh“, „Munojot“, „Nola“, „Navo“, „Navroʻzi ajam“, „Eshvoy“, „Buzruk“, „Ey, sabo“, „Kuygay“ va boshqalar) katta oʻrin olgan. Ovoz rejissori N. Hasanov yordamida yakka sozlar (dutor-tanbur, dutor-sato, tanbur-sato-dutor va boshqalar)da oʻziga xos yakkanavoz „ansambl“ tarzida ijro etgan cholgʻu kuylari 10 dan ortiq gramplastinkalarda chiqarilgan.
Alimatov xalqaro musiqa anjuman (Moskva, 1971; Olmaota, 1973; Samarqand, 1978, 1983, 1987 va boshqalar) hamda konsertlarda qatnashgan. Chet ellarda, jumladan, AQSh, Fransiya, Germaniyada gastrollarda boʻlgan. Alimatov 2008-yilning 17-dekabrida 86 yoshida Toshkentda vafot etdi. Uning oʻgʻillari Alisher va Valisher Alimatovlar ham sozandalik qiladi.
Alimatov bir necha sovrin va mukofot bilan taqdirlangan. 1992-yil Oʻzbekiston xalq artisti unvonini olgan. 1997-yilda esa „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan. 2012-yil New Yorkda Alimatov tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan konsert va ilmiy anjuman oʻtkazildi.