Перейти к содержимому

Universitetni tashladim va 22 yoshda analitika bo'limini noldan qurdim

Oʻsish Nuqtasi

0:00 / 0:00

Universitetni tashladim va 22 yoshda analitika bo'limini noldan qurdim

99 просмотров · 2 недели назад
Oʻsish Nuqtasi
9 подписчиков
99 просмотров · 2 недели назад
«Universitetni tashlab ketganman» — buni aytish oson emas. 22 yoshli Aziz Rahimov esa ochiq aytadi va nima uchun qilganini raqamlar bilan tushuntiradi. Bu suhbatda Aziz Rahimov Namangandan Toshkentga ko'chishdan boshlab, 11 yillik maktab, yarim yo'lda tashlangan universitet va xalqaro logistika kompaniyasida noldan qurilgan analitika bo'limigacha bo'lgan yo'lni gapirib beradi. Diplom rostdan kerakmi, HR aslida nimaga qaraydi, 25 millionlik vakansiyaga nega odam topilmaydi va rizqning qayerdan kelayotgani nega muhim — hammasi ichida. «Ekspertlar gapirsin» — abituriyent, talaba va hali o'z sohasini tanlay olmagan yoshlar uchun loyiha. Har sonda bitta soha, bitta mutaxassis va uning haqiqiy yo'li. ▬▬▬▬▬ SUHBATDAN ▬▬▬▬▬ «Qiziqish yo'q edi, lekin 11 yil umrni yashab qo'ydik» «Nimaga o'rganayotganimni hech kim aytmagan» «Diplomsiz kirmaydigan joylarga ham diplomsiz kirsa bo'ladi — shunchaki kerak bo'lgan qiymatni ko'rsatib bera olishingiz kerak» «Umr o'tdi, lekin hech qaysi sohaning mutaxassisi emas» «Rizq bir xil bo'ladi, lekin qayerdan kelayotgani muhim» ▬▬▬▬▬ MAVZULAR ▬▬▬▬▬ 00:00 — Tizer 01:59 — Tanishuv: kim bu mehmon? 03:10 — Namangandan Toshkentga: bolalik va 11 yillik maktab 05:20 — Nega IT? Kiber xavfsizlikni tanlash 06:52 — Universitet nima berdi va nima bermadi 08:01 — Akam bilan suhbat: hayotimni analiz qildilar 10:03 — Universitetni to'xtatish qarori 11:42 — Diplom kerakmi? Ishga kirishning haqiqiy mantiqi 12:59 — Analitika sohasiga kirish: kurs va ikkita taklif 14:58 — Noldan analitika bo'limi qurish 17:03 — Natija: kompaniyada 2x o'sish 17:39 — Kursni tugatmasdan ishga taklif 19:54 — «Rizq qayerdan kelyapti» degan savol 21:47 — Qanaqa yuklarni olib kelmaymiz 24:02 — Chala bo'lmang: bitta sohaning eksperti bo'ling 26:05 — Soft skills: HR aslida nimaga qaraydi 27:28 — 25 millionlik vakansiyaga nega odam topilmaydi 28:04 — Analitik bo'lish uchun qanday bilim kerak 29:38 — Data analitik va biznes analitik farqi 32:44 — Kichik kompaniyada ishlashning afzalligi 33:37 — Vakolat, KPI va xarajatlar 36:30 — Xitoy tili va kompaniya qadriyatlari 37:59 — Uchta kitob tavsiyasi 39:45 — Yakun va izohlar uchun sovg'a Suhbatda aytilgan kitoblar: «Men» (Fatih Duman), ijtimoiy odob bo'yicha kitob, Imom G'azzoliyning «Dunyoga muhabbat» asari. #ekspertlargapirsin #analitika #karyera