Oqim. Nosir Fozilov qissasi asosida radioteatr (1964)
Xurshid Davron Kutubxonasi
0:00 / 0:00
Oqim. Nosir Fozilov qissasi asosida radioteatr (1964)
2 435 просмотров · 2 месяца назад
Xurshid Davron Kutubxonasi
39,6 тыс. подписчиков
2 435 просмотров · 2 месяца назад
Оқим. Носир Фозилов қиссаси асосида радиотеатр (1964). Муаллиф матнини Қодир Махсумов ўқиган. Ролларни Тошкент театрлари артистлари ижро этишган / Oqim. Nosir Fozilov qissasi asosida radioteatr (1964). Muallif matnini Qodir Maxsumov oʻqigan. Rollarni Toshkent teatrlari artistlari ijro etishgan
Fozilov Nosir (1929.10.6, Qozogʻiston Respublikasining Turkiston tumani) — yozuvchi, tarjimon. O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990). O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1954). „Gulxan“ jurnalida masʼul kotib(1955-59), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida boʻlim mudiri (1959-1963; 1975-1982), „Sharq yulduzi“ jurnalida masʼul kotib (1963-1995; 1982-84; 1986-92). Birinchi toʻplami — „Irmoq“ (1959). „Oqim“ (1962), „Robinzonlar“ (1964), „Qush qanoti bilan“ (1965), „Qorxat“ (1968), „Koʻklam qissalari“ (1970), „Bolaligim — poshsholigim“ (1989), „Bir otar toʻpponcha“ (1995), „Shum bolaning nabiralari“ (1995), „Toshkentning nosi“ (1996) va boshqa asarlar muallifi. Hikoya va qissalari milliy boʻyoqlarining yorqinligi, tilining jozibadorligi, xalq turmushi manzaralarining, ayniqsa, bolalarning ichki dunyosi, oʻykechinmalarining jonli tasviri, koʻtarinki ruhi bilan ajralib turadi. Asarlarida choʻl tabiatiga xos manzaralar shoirona chizilgan. Qoraqalpoq va qozoq yozuvchilarining asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (1999)