Перейти к содержимому

Chingiz Aytmatov. Somon yo‘li. 1-qism. Audio kitob

Узбек тилида аудио китоблар

0:00 / 0:00

Chingiz Aytmatov. Somon yo‘li. 1-qism. Audio kitob

17 054 просмотра · 4 года назад
Узбек тилида аудио китоблар
55,5 тыс. подписчиков
17 054 просмотра · 4 года назад
Chingiz Aytmatov. Qirg‘iz yozuvchisi, davlat, jamoat arbobi, diplomat. Yozuvchi Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 1956-58 yillari Moskvadagi yozuvchilar uyushmasi Oliy adabiyot kursi tinglovchisi. Asarlarini qirg‘iz va rus tilida yozgan. Ilk hikoyalari 1950 yillarda bosilgan. «Baydamtol sohillarida», «Yuzma-yuz» asarlari o‘tkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. «Jamila», «Sarvqomat dilbarim», «Bo‘tako‘z», «Birinchi muallim», «Momo yer», «Somon yo‘li», «Alvido, Gulsari» kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan tarannum etilgan. Aytmatovning «Tog‘ va cho‘l qissalari» turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. Aytmatovning «Oqkema» qissasida insoniy go‘zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. «Oq kema» kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozondi. «Dengiz yoqalab chopayotgan olapar» qissasida muhim ma’naviy masalalar, sho‘ro davridagi hayotning mash’um manzaralari o‘z ifodasini topgan. "Asrga tatigulik kun", «Qiyomat», «Kassandra tamg‘asi» romanlarida zamonamizning umuminsoniy tomonlari, ona Sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar ko‘tarilgan. Aytmatov prozasida ruhiyat tahlili an’anaviy folklor, mifologiya, obrazlilik bilan uyg‘unlashib ketadi. Unda masal, ramziylikka moyillik sezilarli darajadadir. 2-qism    • Chingiz Aytmatov. Somon yo‘li. 2-yakuniy q...