Перейти к содержимому

12 qadam dasturi qanday ishlaydi? Natija beradimi? Qaramlikni tuzaladimi? #12qadam #reabilitatsiya

Sabriddin Hisomutdinov

0:00 / 0:00

12 qadam dasturi qanday ishlaydi? Natija beradimi? Qaramlikni tuzaladimi? #12qadam #reabilitatsiya

196 просмотров · 1 месяц назад
Sabriddin Hisomutdinov
39 подписчиков
196 просмотров · 1 месяц назад
12 qadam qanday ishlaydi? Dastur odatda quyidagi yo‘nalishlarda ishlaydi: Qaramlik muammosini tan olish O‘z hayotidagi qaramlik oqibatlarini tahlil qilish Mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish O‘z xatti-harakatlarini tahlil qilish Xatolar va zarar yetkazilgan insonlarni tan olish Munosabatlarni tiklashga harakat qilish Eski odatlarni yangi, sog‘lom xatti-harakatlar bilan almashtirish Qayta foydalanishga olib keladigan vaziyatlarni aniqlash Guruh va boshqa tiklanayotgan insonlardan qo‘llab-quvvatlash olish Uzoq muddatli hushyor hayot tarzini shakllantirish. Natija beradimi? Ha, ayrim odamlar uchun samarali bo‘lishi mumkin. 12 qadamning kuchli tomoni — reabilitatsiya tugagandan keyin ham insonni qo‘llab-quvvatlaydigan guruh va muntazam tiklanish tizimi mavjudligidir. Ammo “12 qadam 100% davolaydi” deyish noto‘g‘ri. Qaramlik murakkab kasallik bo‘lib, natija insonning ishtiroki, qaramlik turi, ruhiy holati, oilaviy qo‘llab-quvvatlash va boshqa davolash usullariga ham bog‘liq. Shuning uchun Sof Nafasda 12 qadamni psixologik yordam, tibbiy nazorat va relapsning oldini olish dasturlari bilan birgalikda olib borish eng to‘g‘ri yondashuv bo‘ladi. Agar siz yoki yaqinlaringiz ushbu muammoga duch kelgan bo‘lsa, biz bilan bog‘laning. 📞+998 99 603 60 46 ❕Birgalikda yangi hayot sari sababini qilamiz.