MAS’ULIYATLI KASB SARI KATTA QADAM
TashMedUni Official
0:00 / 0:00
MAS’ULIYATLI KASB SARI KATTA QADAM
93 просмотра · 5 дней назад
TashMedUni Official
729 подписчиков
93 просмотра · 5 дней назад
“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining maslahatchisi Meliboyev Aziz Rozaqovich vazirning tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tabrikda Toshkent davlat tibbiyot universitetining bugungi nufuzi, xalqaro reytinglardagi natijalari va oliy tibbiy ta’lim tizimidagi munosib o‘rni alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, birinchi bosqich talabalari inson hayoti va salomatligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan eng mas’uliyatli kasblardan birini tanlaganliklari bilan muborakbod etildi.
Yoshlarga bilim olish, izlanishdan to‘xtamaslik, zamonaviy tibbiyot talablariga munosib mutaxassis bo‘lib yetishish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Bugungi qasamyod — tanlangan kasbga sadoqat, ertangi yutuqlar esa bugungi bilim va mehnatning natijasidir.