Перейти к содержимому

Yangi O‘zbekiston: mustaqillikdan taraqqiyot va yuksalish sari

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

0:00 / 0:00

Yangi O‘zbekiston: mustaqillikdan taraqqiyot va yuksalish sari

528 просмотров · 3 недели назад
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
1,07 тыс. подписчиков
528 просмотров · 3 недели назад
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy-ma’naviy voqeadir. Bu yilgi qutlug‘ sana «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» degan ezgu g‘oya asosida nishonlanmoqda. Ushbu g‘oya Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar, xalqimizning birdamligi va kelajakka ishonchini o‘zida mujassam etgan. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Bugun iqtisodiy taraqqiyot, moliya-bank tizimining barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar muhim o‘rin tutmoqda. Bank-moliya akademiyasi ham ushbu jarayonlarda o‘zining munosib hissasini qo‘shib, moliya, bank ishi, davlat moliyasi va iqtisodiyot sohalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratmoqda. 🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Akademiyada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ilmiy-amaliy uchrashuvlar, yoshlar loyihalari va intellektual bellashuvlarni tashkil etish orqali istiqlolning tarixiy ahamiyati, Yangi O‘zbekistondagi islohotlar va yoshlarning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni keng targ‘ib etilmoqda. Zero, mustaqillik — nafaqat tarixiy ne’mat, balki uni asrash, mustahkamlash va kelajak avlodlarga munosib yetkazish mas’uliyatidir. Bank-moliya akademiyasi jamoasi «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» degan ezgu g‘oya atrofida birlashib, Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy qudrati, intellektual salohiyati va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda davom etadi. «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» ******************* Akademiya tarixi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 2-maydagi “Bank-moliya akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilingan paytdan boshlanadi. O‘tgan 28 yildan ortiq vaqt davomida Akademiyaning magistratura bosqichida 6000 nafardan ortiq va Malaka oshirish fakultetida 12 ming nafardan ortiq tinglovchi tahsil oldi. Davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tufayli Akademiya nisbatan qisqa tarixiy davrda zamonaviy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasasiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi missiyasi “o‘rgan, o‘zgartir, yetakchi bo‘l” tamoyiliga asoslangan bo‘lib, dunyoning ilg‘or bilim va tajribasini amaliy bilimlar bilan o‘zlashtirgan yetakchilarni tayyorlashga qaratilgan. Ta’lim jarayonini doimiy ravishda takomillashtirish, eng yangi ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirish, xorijning ilg‘or bank-moliya ta’lim markazlarida stajirovkalar tashkil qilish, interfaol o‘qitish usullarini joriy etish orqali Akademiya moliya, bank va soliq ishi, investitsiya va sug‘urta faoliyatining turli yo‘nalishlarida rahbar kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston ta’lim xizmatlari bozorida yetakchi o‘rinni egalladi hamda mamlakatimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasasiga aylandi. AQSH, Gollandiya, Shveysariya, Rossiya, Yaponiya, Angliya, Germaniya, Luksemburg, Gretsiya, Belgiya, Chexiya, Polsha, Latviya, Turkiya, Misr, Koreya, Gonkong, Xitoy, Singapur, Malayziya, Hindiston va boshqa davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan izchil hamkorlik Akademiya nufuzini oshirishdi. IJTIMOIY TARMOQALARDA: FACEBOOK:   / bma.uz   INSTAGRAM:   / bfa_uz   TELERGAM: https://t.me/bfauz