Ayollar jinsiy salomatligi va orgazm: uyalmasdan gaplashamiz
Asklepiy Group
0:00 / 0:00
Ayollar jinsiy salomatligi va orgazm: uyalmasdan gaplashamiz
19 368 просмотров · 3 месяца назад
Asklepiy Group
3,82 тыс. подписчиков
19 368 просмотров · 3 месяца назад
Ayol libidosi va orgazm: ko‘p gapirilmaydigan, ammo muhim salomatlik mavzusi
Mehmonimiz: psixolog, seksolog Sevara Farxadovna
Ushbu sonimizda biz hali ham ochiq gapirish qiyin bo‘lgan mavzuni ko‘taramiz - ayol jinsiy mayli, libido va orgazm.
Nega ayollar og‘riq, charchoq va uyqusizlik haqida bemalol gapira oladi, lekin jinsiy mayl pasayishi haqida ko‘pincha jim qoladi?
Agar tahlillar “hammasi joyida” bo‘lsa, ammo xohish yo‘q bo‘lsa - bu me’yormi yoki organizm signali?
Va bu mavzularni an’analarni buzmasdan turib muhokama qilish mumkinmi?
Bugun biz ayollar salomatligi haqida tabu holda emas, balki tibbiyot, psixologiya va hayot sifati nuqtai nazaridan suhbatlashamiz.
Ushbu sonimizda muhokama qilindi:
nima uchun ayol libidosi pasayadi
jinsiy maylga ta’sir qiluvchi omillar
psixoemotsional holat va intim hayot o‘rtasidagi bog‘liqlik
nima uchun tana signallarini e’tiborsiz qoldirmaslik kerak
bu mavzularni qanday qilib uyatsiz va xotirjam muhokama qilish mumkin
⚠️ Ushbu son - salomatlik, ongli yondashuv va o‘ziga hurmat bilan munosabat haqida.
01:31Tibbiyot nuqtayi nazaridan ayol jinsiy mayilligi nima?
02:24 Ayollarning jinsiy mayilligi erkaklarnikiga qaraganda zaifroq ekanligi rostmi?
03:03 Ayol libidosi axloqsizlik haqidami yoki sog‘liq haqidami?
03:33 Qaysi yoshda jinsiy mayl darajasi normal hisoblanadi?
04:00 Ayolning istaklari va xohishlarini ko‘proq kim cheklaydi?
04:48 Stress va charchoq hissiy toliqish jinsiy maylga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
06:04 Kamqonlik, vitamin yetishmasligi yoki gormonal buzilishlar xohishni pasaytirishi mumkinmi?
07:03 Homiladorlik, tug‘ish va emizish jinsiy maylga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
08:11 Gormonal kontratseptivlar jinsiy xohishga ta’sir qiladimi?
10:19 Qachon jinsiy maylning pasayishi me’yor va qachon shifokorga murojaat qilish uchun sabab bo‘ladi?
12:02 Fiziologiya nuqtayi nazaridan orgazm nima?
13:02 K’oplab ayollar orgazmni his qila olmasligi to‘g‘rimi?
21:40 Nima uchun ayollar orgazmning yo‘qligini "xarakter" deb hisoblaydilar?
27:10 Orgazm va libido ularning darajasi bittami yoki bir biriga bog‘liqmi?
40:35 Orgazmning yo‘qligi tibbiy simptom bo‘lishi mumkinmi?
48:34 Orgazmsiz homilador bo’lish mumkinmi?
55:28 O‘zbekistondagi madaniy ko‘rsatmalar va tarbiya, ayolning xohishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
01:01:45 Nima uchun ayol kishi bu haqda hatto shifokor bilan ham gaplashishi qiyinroq?
01:04:12 Er hotin ortasidagi hissiy yaqinlik ayolning jinsiy salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
01:07:06 Libidoni tiklash mumkunmi?
01:08:19 Blits
YOZILISH UCHUN RAQAM
📞 +998 77 451 77 14
📸 @Sevarafarxadovna