Ko‘kdala hokimiga hujum. Yangi tafsilotlar
Ozodlik Radiosi
0:00 / 0:00
Ko‘kdala hokimiga hujum. Yangi tafsilotlar
178 944 просмотра · 8 ч назад
Ozodlik Radiosi
3,46 млн подписчиков
178 944 просмотра · 8 ч назад
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani hokimi Xurram Jo‘rayev davolanish uchun 18-oktyabrda Germaniyaga olib ketildi.
Bu haqda Ozodlikka Toshkentdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida ishlaydigan, bir-biridan mustaqil ikki manba ma’lumot berdi.
Shifokorlardan olingan ma’lumotga ko‘ra, hokim boshi, yuzi va yelkasi, qo‘lidan jiddiy jarohat olgan, ahvoli o‘rtacha og‘ir. Advokatlarga ko‘ra, bu ish yuzasidan 62 yashar tadbirkor B.Y. ga nisbatan JK ning 25 va 104 moddalari bilan “Jinoyatga tayyorgarlik” hamda “qasddan og‘ir shikast yetkazish” aybi bilan ish ochilgan.
Shu kunga qadar na Ko‘kdala, na Qashqadaryo va na respublika rasmiylari bu hodisa haqida biror ma’lumot bermadi, Ozodlikning takror-takror murojaatlari javobsiz qoldirilmoqda.
#ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #ozodnews #ozodlik2026 #mirziyoyev #shavkatmirziyoyev #uzbekgaz #xabarlar #uzbek #uzbek_video #qashqadaryo