XALQARO ROBOTOTEXNIKA FESTIVALIDA MUNOSIN ISHTIROK
News Bukhara TV
0:00 / 0:00
XALQARO ROBOTOTEXNIKA FESTIVALIDA MUNOSIN ISHTIROK
91 просмотр · 3 недели назад
News Bukhara TV
28,4 тыс. подписчиков
91 просмотр · 3 недели назад
Bugun yoshlar zamonaviy kasblarni puxta egallashi bilan birga turli yo’nalishlarda dunyo bilan bellasha oladigan darajada mahoratga ega bo’lishmoqda. Xitoyda bo’lib o’tgan World Robot Summit (WRS) xalqaro robototexnika chempionatida Buxoro davlat texnika universiteti talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari bilan bir qatorda Buxoro davlat texnika universiteti talabalari “Runner Up” yo‘nalishida 2-o‘rinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Buxoro davlat texnika universiteti talabalari O‘zbekiston sharafini xalqaro robototexnika musobaqasida munosib himoya qildi
Mazkur xalqaro musobaqaga yo‘llanma “Muhandislik oyligi” doirasida tashkil etilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali hamda “First Robotics Uzbekistan” musobaqasida yuqori natijalarni qayd etgan oliy ta’lim muassasalariga taqdim etilgan edi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari bilan bir qatorda Buxoro davlat texnika universiteti talabalari “Runner Up” yo‘nalishida 2-o‘rinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Endilikda bu yoshlar yana bir nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ko’rishmoqda
Buxoro davlat texnika universitetining ushbu xalqaro maydondagi ishtiroki universitetda robototexnika, muhandislik va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish borasida olib borilayotgan izchil ishlarning amaliy natijasi bo‘lib, talabalarning xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etish salohiyatini yana bir bor namoyon etdi