Перейти к содержимому

Ulug'bek Ashurning FITNA VA IG'VOLARIDAN ehtiyot bo'ling yohud BUKRINI GO'R TUZATADIMI ROSTDAN?...

Ko'zgu

0:00 / 0:00

Ulug'bek Ashurning FITNA VA IG'VOLARIDAN ehtiyot bo'ling yohud BUKRINI GO'R TUZATADIMI ROSTDAN?...

97 955 просмотров · 3 года назад
Ko'zgu
266 тыс. подписчиков
97 955 просмотров · 3 года назад
Ulug'bek Ashur avval ham fitna va ig'volar qilganini isbotlagan edik.. Afsuski, u yana shu hunarini boshlagani uchun bo'layotgan voqelikka jim qarab turolmadik. Agar o'z vaqtida bunday ig'vo, fitna qiladigan "jurnalist"larni to'g'rilikka chaqirib achchiq haqiqatlarni o'ziga ko'rsatib turmasak ham vijdonimiz, ham adolatsizlikka uchrab fitna qurboni bo'layotgan ayrim kishilar oldida o'zimizni aybdor yoki gunohkor bo'lib qolishni istamaymiz. Siz avvalo ishqibozlikdan ko'ra faktlarga asoslangan har doimgidek xolis va achchiq bo'lgan ushbu materialimizni yaxshilab ko'ring. Ko'zgu uchun na Ulug'bek Ashur, na Bosh prokuror, na DXX, na boshqasi va na biror avliyo alohida mavqega ega emas. Shuning uchun Ko'zgu haqiqatidan yuz o'girmang va ko'zingizni kattaroq ochib yashang. Ulug'bek Ashur esa agar chet davlatdan turib mana shunday ig'vo va fitna qilishda davom etaversa, afsuski oxir-oqibat ko'p kishini ko'nglidan qoladi. Shunday ekan, Ulug'bek Ashur jurnalistik faoliyatini to'g'ri va xolisona bajarishiga, bilgan haqiqatlarini yashirmay yoki faqat bir tomonlama ishlab ikkinchi tomonni og'ziga kelgan gap bilan malomat qilmay professional va samimiy jurnalist bo'lishini so'rab qolamiz. Ushbu achchiq tanqidimiz esa unga ta'sir qilib, bosib o'tgan iziga nazar solib o'zini yaxshi tomonga isloh qilishiga umid qilib qolamiz.