O‘ZBEKISTONDA KATTA ISLOHOT: KIMLAR KETDI, KIMLAR KELDI?
Anhor_uz | Rasmiy kanal
0:00 / 0:00
O‘ZBEKISTONDA KATTA ISLOHOT: KIMLAR KETDI, KIMLAR KELDI?
16 767 просмотров · 4 часа назад
Anhor_uz | Rasmiy kanal
58,1 тыс. подписчиков
16 767 просмотров · 4 часа назад
Prezidentning ishongan odami nega aynan ta’lim tizimiga yuborildi? Ikki yirik vazirlik nima sababdan tugatildi va O‘zbekiston ta’limini endi qanday o‘zgarishlar kutmoqda?
O‘zbekistonda yirik kadrlar almashinuvi va ta’lim tizimidagi tarkibiy islohotlar boshlandi. Uch yil avval tashkil etilgan Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tugatildi. Ularning o‘rnida yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil qilindi.
Yangi vazirlikka to‘rtta viloyatda hokimlik qilgan Erkinjon Turdimov rahbar etib tayinlandi. U bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini ham egalladi.
Anhor.uz'ning yangi tahliliy videosida:
Nega uch yil avval tashkil etilgan ikki vazirlik tugatildi?
Sobiq vazirlar Qo‘ng‘irotboy Sharipov va E’zozaxon Karimova faoliyati qanday kechdi?
Erkinjon Turdimov nega aynan ta’lim tizimiga rahbar bo‘ldi?
Yangi vazir qanday vakolat va vazifalarga ega?
Sirdaryo viloyatiga kim rahbar bo‘ldi?
O‘zbekistondagi so‘nggi kadrlar almashinuvi nimani anglatadi?
Sizningcha, vazirliklarni birlashtirish ta’lim sifatini oshiradimi yoki yana yangi muammolarni keltirib chiqaradimi?
Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!
O‘zbekistondagi muhim siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy voqealar tahlili uchun Anhor.uz YouTube kanaliga obuna bo‘ling.
#AnhorUz #ErkinjonTurdimov #TalimIslohotlari #Ozbekiston #ShavkatMirziyoyev #TalimVazirligi #SaidaMirziyoyeva #KadrlarAlmashinuvi #OzbekistonYangiliklari #Siyosat #Talim #Tahlil