Xushvaqt - Izro Malakov va milliy san'atimiz darg'alari bilan unutilmas ijodiy kecha
Tolibjon Isroilov
0:00 / 0:00
Xushvaqt - Izro Malakov va milliy san'atimiz darg'alari bilan unutilmas ijodiy kecha
9 456 просмотров · 3 мес. назад
Tolibjon Isroilov
21 тыс. подписчиков
9 456 просмотров · 3 мес. назад
Xushvaqt - ko‘ngilga yaqin, samimiy insonlar davrasida dildan suhbat quriladigan maskan. Bu yerda har bir so‘z yurakdan chiqadi, har bir kulgi esa chin tuyg‘ulardan tug‘iladi. Yorqin xotiralar, beg‘ubor lahzalar va hayotga boshqacha nigoh bilan qarashga undovchi suhbatlar aynan shu dasturda jam bo‘ladi.
Ushbu sonda uzoq yillardan buyon Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qilib, o‘zbek maqom va Shashmaqom san’atini dunyoga targ‘ib etib kelayotgan O‘zbekiston xalq artisti, jonkuyar ustoz *Izro Malakov* mehmon bo‘ldilar. Ustoz ijodiy safarlari, Amerikada 300 dan ortiq yoshlarga maqom sirlarini o‘rgatayotganlari hamda Toshkent davlat konservatoriyasi tomonidan professorlik unvoniga munosib ko‘rilganlari haqidagi iliq xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek, davramizda milliy san’atimizning yorqin namoyandalari ham ishtirok etdilar:
• O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti *Matluba Dadaboyeva* samimiy xotiralari hamda Izro akaning stomatologlik faoliyati va Doni Ko‘ziyev maktabi bilan bog‘liq qiziqarli voqealar haqida so‘zlab berdi;
• Xonanda *Rita Yusupova* o‘zining dilbar ovozi bilan davraga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi;
• O‘zbekiston xalq artisti *Gulbahor Erqulova* san’atkorlar o‘rtasidagi samimiy munosabatlar va pandemiya davridagi hamjihatlik haqida dildan suhbat qildi;
• Doira ustasi *Rahmatilla Samadov* yaqinda nashrdan chiqqan “Maqom cholg‘u ijrochiligi: Doira” kitobini ustoz Izro Malakovga ehtirom ramzi sifatida taqdim etdi;
• Xonanda *Isroil Vahobov* hamda boshqa ko‘plab san’atkorlarimiz jonli ijroda milliy qo‘shiqlarimiz va mumtoz g‘azallarni kuylab, davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar.
San’atkorlarimizning unutilmas xotiralari, jonli ijrodagi diltortar qo‘shiqlar va chinakam o‘zbekona samimiyatni his etish uchun videoni oxirigacha tomosha qiling!
#xushvaqt #tolibjonisroilov #IzroMalakov #MatlubaDadaboyeva #RitaYusupova #GulbahorErqulova #XushvaqtKo'rsatuvi #O'zbekMaqomi #Shashmaqom #JonliIjro #O'zbekSan'ati #MumtozMusiqa #MilliyMeros