Перейти к содержимому

Boy bo'lishning uchinchi qonuni: Ko'rinmas o'g'ri! | Baraka daftari 3-bo'lim | ‪@XizrAbdulkarim‬

Xizr Abdulkarim

0:00 / 0:00

Boy bo'lishning uchinchi qonuni: Ko'rinmas o'g'ri! | Baraka daftari 3-bo'lim | ‪@XizrAbdulkarim‬

30 971 просмотр · 11 часов назад
Xizr Abdulkarim
1,57 млн подписчиков
30 971 просмотр · 11 часов назад
Assalomu alaykum, hurmatli doʻstlar! "Baraka daftari" loyihasining uchinchi sahifasidamiz. Oʻgʻrining kattasi tunda kelmaydi: qulf buzmaydi, iz qoldirmaydi, ammo har kuni choʻntagingizdan bir chimdim olib ketadi. Bu safar Sobir hoji Anvarni Chorsudagi eski doʻkoniga taklif qiladi va oʻttiz yildan beri yuritayotgan narx daftarlarini ochadi. Uch yil oldin 80 ming soʻm boʻlgan goʻsht bugun 130 ming, 2000 soʻmlik non esa 3000 soʻm. Oʻqigan odamlar buni inflyatsiya deydi, Sobir hoji esa "omborga kirmay don yeydigan sichqon" deb ataydi. Anvarning savoli oddiy: unda pul yigʻishdan nima maʼno bor? Bankka foizga qoʻysa-chi? Hoji savolga savol bilan javob beradi: "Oʻgʻridan qochgan odam qaroqchining uyiga berkinsa, qutulgan boʻladimi?" Ushbu qismda: Narx-navo (inflyatsiya) jamgʻarmani qanday kemiradi; Yotgan pul bilan ishlayotgan pulning farqi; Nega foiz (ribo) yechim emas va halol foydaning uch asosi: ter, mol, tavakkal; Jamgʻarmani ikkiga boʻlish: "qoʻriqchi pul" va "oʻsadigan pul"; Boy boʻlishning 3-qonuni: pul ikki xil yashaydi — yotgan pulni narx-navo yeydi, ishlagan pul oʻzi koʻpayadi; Karim akaning hikoyasi: "Toʻy bir kun, qarz olti yil". Siz ham daftaringizni oching: uch-toʻrtta mahsulotning narxini uch yil avvalgisi bilan solishtiring, jamgʻarmangizni ikkiga ajrating va barcha qarzlaringizning roʻyxatini tuzing — kimga, qancha, qachongacha. Keyingi boʻlimda aynan shu roʻyxat bilan ishlaymiz! _______ Asaxiy Invest halol sarmoya platformasi bilan jamgʻarishni boshlang: https://asaxiyinvest.com/go/2012fa7b _______ Mundarija (Timecodes) 00:00 – Uchinchi sahifa: tunda kelmaydigan oʻgʻri 01:05 – Chorsudagi eski doʻkon: Sobir hojining mehmoni 02:02 – "Qayerdan kelganini unutgan odam..." 02:41 – Vazifa hisoboti: goʻsht va non narxi uch yilda 03:20 – Oʻttiz yillik narx daftarlari 04:54 – Oʻgʻrining oti: narx-navo, inflyatsiya, "sichqon" 05:25 – "Kelajak" kartasidagi pulni ham sichqon yeyaptimi? 06:20 – Pul ikki xil yashaydi: yotgan pul va ishlayotgan pul 07:00 – Bank foizi: oʻgʻridan qochib, qaroqchining uyiga 07:54 – Ribo: oʻsish bor, baraka yoʻq 08:59 – Halol yoʻl: mehnat, savdo, sheriklik 09:26 – Halol foydaning uch asosi: ter, mol, tavakkal 09:58 – Shoshmang: bilimni odatga aylantiring 10:53 – "Jangga yarador askar yuborilmaydi" 11:26 – Qoʻriqchi pul va oʻsadigan pul 12:17 – Qarz teshik emas, qarz yara 13:01 – Haftalik vazifa: qarzlar roʻyxati 13:35 – Karim aka: darvoza oldidagi uchrashuv 15:00 – "Toʻy bir kun, qarz olti yil" 16:01 – Daftarning uchinchi sahifasi: 3-qonun 16:40 – Uch amaliy topshiriq 17:38 – Yakun va keyingi haftaga chaqiriq _______ #BarakaDaftari #XizrAbdulkarim #AbdukarimMirzayev #HalolBoylik #Inflyatsiya #Ribo #HalolSarmoya #ShaxsiyMoliya #IbratliHikoya #AsaxiyInvest