Перейти к содержимому

FOLKLOR VA TA’LIM: MILLIY MEROS, ZAMONAVIY IQTISODIYOT VA YOSHLAR TARBIYASI

Taraqqiyot va ta'lim uz

0:00 / 0:00

FOLKLOR VA TA’LIM: MILLIY MEROS, ZAMONAVIY IQTISODIYOT VA YOSHLAR TARBIYASI

311 просмотров · 2 недели назад
Taraqqiyot va ta'lim uz
180 подписчиков
311 просмотров · 2 недели назад
Navbatdagi podkastimiz mehmoni — filologiya fanlari doktori, professor, taniqli folklorshunos olim Jabbor Eshonqulov. Jabbor Eshonqulov o‘zbek xalq dostonlari, mifologik obrazlar, xalq og‘zaki ijodi va milliy ma’naviy merosni o‘rganishga bag‘ishlangan yirik ilmiy tadqiqotlari bilan o‘zbek folklorshunosligi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan taniqli ziyolilardan biri. 🎙 Suhbat davomida: — folklorning oliy ta’lim va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni; — zamonaviy bilim va milliy qadriyatlar uyg‘unligi; — o‘zbek folklori va etnografiyasining jahon ilm-fanidagi o‘rni; — folklor, etnografiya va iqtisodiyot o‘rtasidagi kutilmagan bog‘liqliklar; — xalqimizning mehnat, tejamkorlik, suv va yerdan foydalanish, hunarmandchilik, savdo odobi va omonat haqidagi qarashlari; — folklorni iqtisodiyot, tarix, sotsiologiya, turizm va boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘rganish imkoniyatlari; — globallashuv sharoitida milliy o‘zlik va tarixiy xotirani saqlash; — turkiy xalqlarni birlashtiruvchi umumiy folklor merosi; — raqamlashtirish va sun’iy intellektning folklorshunoslikdagi yangi imkoniyatlari; — vatanparvarlik va milliy mas’uliyat kabi bugungi kun uchun dolzarb masalalar haqida fikr yuritamiz. 📚 Folklor — faqat o‘tmish haqidagi xotira emas. U xalqning tafakkuri, hayot tajribasi, qadriyatlari va kelajak avlodga qoldirgan ma’naviy kodi hamdir. 🎥 «Folklor va ta’lim» — professor Jabbor Eshonqulov bilan eksklyuziv suhbat. Ko‘rsatuvni o‘tkazib yubormang!