Перейти к содержимому

Avval uyining hujjati bo’lmagan 218 850 nafar fuqaroning endilikda hujjatlari mavjud

KADASTR AGENTLIGI

0:00 / 0:00

Avval uyining hujjati bo’lmagan 218 850 nafar fuqaroning endilikda hujjatlari mavjud

42 753 просмотра · 1 дн. назад
KADASTR AGENTLIGI
33,2 тыс. подписчиков
42 753 просмотра · 1 дн. назад
#kadastr #qiziqarli #t.me/uz_kadastr Yaxshi yangilik: 2027-yilda xatlov qilinadigan mahallalarning reja-jadvali tasdiqlandi. Qonunning 13-moddasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining takliflari Kadastr agentligi tomonidan umumlashtirildi. Ushbu jadval bilan etirof.kadastr.uz axborot tizimi orqali tanishishingiz mumkin. O’zbekiston Respublikasining 1153-son Qonuni bilan O‘RQ-937-son Qonunga bir qator muhim o‘zgartirishlar kiritilgan. 1. Yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik BHMning 30 baravarigacha bo’lgan fuqarolarga e’tirof etilish imkoniyat yaratildi. 2. Umumiy xatlov va hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlari 150 kundan 50 kungacha qisqartirildi. 3. 20 kun ichida belgilangan to’lovning 50 foizini to‘lagan shaxs qolgan 50 foizini to‘lashdan ozod etildi; 4. Agar yer yoki bino-inshootning faqat bir qismi taqiqlangan hududda joylashgan bo‘lsa, taqiqlangan qismni chiqarib tashlagan holda qolgan qismiga huquqni e’tirof etish masalasi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 5. Huquq e’tirof etilgandan keyin fuqaro avtomatik xabardor qilinishi yo’lga qo’yildi. Natijalar: 2026-yil 8-oktabr holatiga ko‘ra: Xatlov ishlariga 5 mingga yaqin kadastrchilar jalb qilingan. respublika bo‘yicha jami 1 858 485 ta obyekt uyma-uy yurib xatlovdan o’tkazildi. Shundan 1 552 207 ta obyektda xatlov ishlari to’liq yakunlandi. Yakunlangan obyektlarning 1 497 323 tasi turar joy, 83 947 tasi esa noturar obyektlar hisoblanadi. 156 073 ta obyekt bo‘yicha to‘lovlar kutilmoqda; 55 114 ta obyekt Xalq deputatlar kengashining qaror chiqish bosqichida.