Bo‘stonliqdagi jang | O‘limni o‘ldirganlar yoxud andijonlik desantlar
Olimjon Usarov
0:00 / 0:00
Bo‘stonliqdagi jang | O‘limni o‘ldirganlar yoxud andijonlik desantlar
593 659 просмотров · 1 мес. назад
Olimjon Usarov
35,4 тыс. подписчиков
593 659 просмотров · 1 мес. назад
🔴 Tog‘lar orasidagi qonli to‘qnashuv...
🔴 Asirlikdagi dahshatli qiynoqlar...
🔴 Ular do‘stlarini saqlab qolish uchun o‘qqa ko‘krak tutishdi.
🔴 Ular Vatan uchun o‘limni tanlashdi.
Ular shunchaki jangchi emasdi. Ular do‘stlarining hayoti uchun o‘z jonidan kechgan, Vatanni jonidan ustun qo‘ygan chinakam qahramonlar edi.
🎙 “Qarorgoh”ning bu galgi mehmoni — iste’fodagi podpolkovnik Jahongir Shokirov. U 26-yil avvalgi mudhish voqealarning shu paytgacha hech qayerda aytilmagan, yurakni larzaga soluvchi tafsilotlarini so‘zlab beradi.
‼️ Bu shunchaki podkast emas, bu – Vatan himoyachilarining qoni bilan yozilgan haqiqat.
O‘limni yengib o‘tgan Vatan himoyachilarining mislsiz jasoratini ko‘zga yosh olmasdan ko‘rish ilojsiz... Ammo buni har bir o‘zbekistonlik ko‘rishi shart!
00:00 Anons
01:59 Suhbatdosh bilan tanishtiruv
03:10 2000-yil 15-avgust voqealari: jangarilarning to‘satdan hujumi va askarlarning asirga olinishi
07:23 Quroldosh do‘stlari halok bo‘lganini televideniye orqali eshitgan ofitser xotiralari
10:10 Tungi shoshilinch chaqiruv va ota-onaning oq fotihasi
12:23 Maxsus jangovar topshiriq: Burchmullani jangarilardan tozalash va chegaralarni himoya qilish
15:52 Tog‘li hududdagi 5 kunlik qidiruv, Shuhrat Sobirovning vahshiyona o‘ldirilishi
18:16 Bo‘stonliqdagi hujum: jangarilarning maqsadi nima edi?
20:54 Botken chegarasidagi vertikal tog‘ tepasidan pastga tushish taktikasi
24:31 Sinchkovlik: cho‘pon yigit, ot xurjunidagi issiq nonlar va sirning ochilishi
30:17 Daraxt shoxida yaltirab ko‘ringan avtomat qo‘ndog‘i: “Dushman shu atrofda!..”
33:32 To‘qnashuvlarning boshlanishi
36:27 Iqbol Nishonov va Farhod Qahhorovning mardonavor harakati
38:44 Yarador safdoshini otishma ostidan olib chiqqan qahramon
41:00 Jangarilarning tog‘dagi taktikasi va ularga qarshi kurash mashaqqati
42:48 Komandirning hayotini saqlab qolgan starshina
45:05 Ko‘zga ko‘rinmas dushman: Tosh ostidagi betonlangan “yashirin baza”
47:18 “Shmel” o‘qotar quroli bilan jangarilarning yo‘q qilinishi
48:59 Qurolli tuzoq: radiolokatsion skaner apparati va aloqaning uzilishi
53:07 Xorijiy legionerlar, arabcha bloknotlar va “dollarli” xaltaning yonishi
55:13 Tog‘dagi ocharchilik: Ayiqlar ishora qilgan shirin olmalar va tabiiy ozuqa
58:45 “Uch sekund havoda, qolganida yugurasan”: Desantchi mashaqqati
01:00:08 Chorvoq suv omborini suzib o‘tgan afsonaviy “Gerakl”
01:07:07 Jang yakunlari, musodara qilingan qurollar va narkotik moddalar
01:09:12 Prezident mukofoti: “Jasorat” medali bilan taqdirlangan qahramonlar
01:14:03 Jang maydonidagi qo‘rquvni qanday yengish mumkin?
01:17:14 Generalning o‘g‘li Ravshan Otaxonovning mardonavor xizmat yo‘li
01:22:15 “Men desantchi bo‘laman!”: Yoshlikdagi orzu va oilaviy tarbiya
01:27:02 100 krug yugurish sinovi va Chirchiqdagi desantchilik fakultetiga qabul
01:30:46 O‘zbek “9-rota”si: mard ofitserlar va haqiqiy qahramonlik
01:32:24 Jangdan so‘ng: hayotga moslashish va sportning ruhiy shifosi
01:36:34 Mustahkam chegaramiz: oilaviy qadriyatlar va ofitserning baxti
01:40:28 Ofitser va yuqori qo‘mondonlik o‘rtasidagi mas’uliyat
01:45:33 Nega desantchilarni “Osmon lochinlari” deyishadi?
01:48:43 Dushman ortidan: desantchi bajaradigan murakkab vazifalar
01:53:19 Parashyutdan sakrash: To‘ytepa va tog‘li hududlardagi mashqlar
01:58:33 O‘zbekiston armiyasi va desantchilarining xalqaro musobaqalardagi yutuqlari
02:02:33 Tinchlikning qadri va xulosa