Перейти к содержимому

“Talabalar, oʻqish davrida pul ortidan quvmang” — professor Sabohat Hoshimova | GAZETA

Gazeta.uz: Oʻzbekiston Yangiliklari

0:00 / 0:00

“Talabalar, oʻqish davrida pul ortidan quvmang” — professor Sabohat Hoshimova | GAZETA

2 786 просмотров · 9 дн. назад
Gazeta.uz: Oʻzbekiston Yangiliklari
218 тыс. подписчиков
2 786 просмотров · 9 дн. назад
Gazeta nashrining “Sening yoshliging menda boʻlsaydi…” nomli ushbu loyihasida el-yurt orasida hurmatga sazovor kishilar oʻz yoshligini eslab, hozirgi zamon nuqtayi nazaridan yoshlarga tavsiyalar beradi. Navbatdagi mehmon — xitoyshunos olima, professor Sabohat Hoshimova. Sabohat Hoshimova 1980-yil Qoʻqonda tugʻilgan. Sharqshunoslik universiteti Sharq filologiyasi fakultetini tamomlagan. 2013–2015-yillarda Xitoy Taʼlim vazirligi taklifiga binoan Pekin universiteti, Pekin chet tillari universitetida dotsent lavozimida ishlagan. 2006-yilda “Yoshlar” telekanali orqali efirga uzatilib, mashhurlikka erishgan “Yomgʻirlar simfoniyasi” serialini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Xitoy tiliga oid bir qancha kitoblar muallifi. Shuningdek, turli rasmiy va davlat tashriflarida Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyevaga tarjimonlik qilgan. “Osiyo va Afrika mamlakatlari tili va adabiyoti” ixtisosligi boʻyicha professor ilmiy unvonini olgan, “Shuhrat” medali sohibasi. Bugungi kunda Sharqshunoslik universitetida faoliyat olib boradi. 0:00 — Tizer 1:20 — Loyiha haqida 1:38 — Sabohat Hoshimova kim? 2:47 — Yoshlik yillaringizni uchta jumlada qanday taʼriflagan boʻlardingiz? Nega aynan shu soʻzlar mos keladi, deb oʻylaysiz? 7:01 — Yoshligingizni nimaga sarflagansiz? Hozirda yoshlar bu davrini nimga sarflashi kerak deb hisoblaysiz? 15:08 — Yoshligizdagi qaysi qadriyatingiz haligacha siz bilan qolgan? U qadriyatga qanday kelgansiz? 21:39 — Yoshligingizda ish/kasb tanlashda siz uchun eng muhimi nima boʻlgan? 25:32 — Xitoy tili, sinxron tarjima va davlat tashriflaridagi faoliyat haqida 39:02 — Yoshligingizda uzoq muddatli tushkunlik yoki ketma-ket muvaffaqiyatsizliklaga duch kelganmisiz? Bundan qanday chiqqansiz, nima saboqlar olgansiz? Inqirozli holatga tushib qolgan yoshlar uchun tavsiyalaringiz. 46:56 — Tanqidni qanday qabul qilasiz? Yoshligingizda tanqid sizni ranjitganmi yoki oʻstirgan? 54:54 — Mukammallikka intilish insonni oʻstiradimi yoki cheklaydimi? 1:01:01 — Yoshligingizda pul bilan munosabatingiz qanday boʻlgan? Bugungi yoshlar pulni toʻgʻri boshqarish uchun nimaga eʼtibor qaratishi kerak? 1:05:44 — Qaysi yosh yoki bosqichni oila qurish uchun yaxshi davr deb oʻylaysiz? (Yigitlar va qizlar uchun alohida javob boʻlishi muhim). 1:11:33 — Resurslari cheklangan (masalan, moddiy imkoniyatlari kamroq yoki elementar ehtiyojlar taʼminoti past (gaz, svet, internet muammo boʻladigan) joyda yashovchi yoshlar oʻzlarini qanday rivojlantirishi kerak? 1:15:07 — Bugungi oʻzbek yoshlari orasida sizga eng yoqadigan xususiyatlar qaysilar? Qaysilarini esa yoqtirmaysiz? 1:19:01 — Yoshligingizda hayotingizga taʼsir qilgan uchta kitob? Qanday taʼsiri boʻlgan? 1:26:06 — Agar oʻzingiz hozigi davrda 17-20 yosh boʻlib qolsangiz, bu bosqichni qanday oʻtkazardingiz? Muallif: Ziyoda Ramazonova Tasvirchi: Shahzod Habibullayev Montaj ustasi: Behzod Habibullayev Loyihaning oldingi sonlari bilan ushbu pleylist orqali tanishishingiz mumkin:   • Sening yoshing menda bo‘lsaydi...   Telegram – https://t.me/gazetauz_ozb Facebook –   / gazetauz   Instagram –   / gazetauzbekistan   Twitter –   / gazeta_uz