Перейти к содержимому

Qamoqdagi bloger Abduqodir Mo‘minovning qiynoqqa solingani iddao qilindi

Ozodlik Radiosi

0:00 / 0:00

Qamoqdagi bloger Abduqodir Mo‘minovning qiynoqqa solingani iddao qilindi

1 654 469 просмотров · 3 года назад
Ozodlik Radiosi
3,45 млн подписчиков
1 654 469 просмотров · 3 года назад
Шу йилнинг 4 август куни Ўзбекистон жиноят кодексининг қатор моддалари билан айбдор деб топилиб 7 йилу 3 ойга озодликдан маҳрум қилинган таниқли блогер Абдуқодир Мўминов ўзининг тергов жараёнида шафқатсиз қийноқларга тутилганини иддао қилган. Бу ҳақда Озодликка маҳкумнинг онаси Сабоҳат Абдуллаева гапириб берди. 15 август куни Тошкентдаги 1-сонли тергов ҳибсхонаси (Тоштурма)да ўғлини бориб кўрган Сабоҳат Абдуллаева ўғлидан биринчи навбатда соғлиги ҳақида сўрагани, у “кўриб турганингиздек, ўлмадим”, деб жавоб берганини айтади. Сабоҳат Абдуллаеванинг сўзларига кўра, Абдуқодир Мўминов шу йилнинг 8 февраль оқшомида расмийлар айтгани каби, процессуал тартибда ушланмаган, балки Тошкентдаги метан газ қуйиш шохобчасида ниқоб кийган одамлар томонидан “қўл-оёғи боғланиб мажбуран машинага ўтқазилган ва ўғирлаб кетилган”. 🔴 https://t.me/ozodlikkanali kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 @ozodnews Shu yilning 4 avgust kuni O‘zbekiston jinoyat kodeksining qator moddalari bilan aybdor deb topilib 7 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum qilingan taniqli bloger Abduqodir Mo‘minov o‘zining tergov jarayonida shafqatsiz qiynoqlarga tutilganini iddao qilgan. Bu haqda Ozodlikka mahkumning onasi Sabohat Abdullaeva gapirib berdi. 15 avgust kuni Toshkentdagi 1-sonli tergov hibsxonasi (Toshturma)da o‘g‘lini borib ko‘rgan Sabohat Abdullaeva o‘g‘lidan birinchi navbatda sog‘ligi haqida so‘ragani, u “ko‘rib turganingizdek, o‘lmadim”, deb javob berganini aytadi. Sabohat Abdullaevaning so‘zlariga ko‘ra, Abduqodir Mo‘minov shu yilning 8 fevral' oqshomida rasmiylar aytgani kabi, prosessual tartibda ushlanmagan, balki Toshkentdagi metan gaz quyish shoxobchasida niqob kiygan odamlar tomonidan “qo‘l-oyog‘i bog‘lanib majburan mashinaga o‘tqazilgan va o‘g‘irlab ketilgan”. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #abduqodir #uzbekistan #qiynoq