Перейти к содержимому

Surxon tog'larida 100km yugurdik

Bek Olimjon

0:00 / 0:00

Surxon tog'larida 100km yugurdik

5 015 просмотров · 9 месяцев назад
Bek Olimjon
31,3 тыс. подписчиков
5 015 просмотров · 9 месяцев назад
Aprel oyida Surxon tog'larida do'stlar bilan 100km yugurgan edik. Loyihacha qiziq va juda zo'r xotiralarga boy bo'lgan edi. Maqsadim Surxon tog'lari tabiatini yaqindan va ich-ichimdan his qilish edi. Bunga yetkazganiga shukur. E'tibor bersangiz mening yugurish formam videoda ancha "g'alati" ko'rinadi. Buni do'stlarim o'sha paytdayoq ta'kidlashgan edi. Ammo muammo nimada ekanligini marafondan keyin tushunib yetdim. Surxondan keyin o'ng oyog'im yaxshigina ishib ketgan edi. Video oxirida o'ng oyoqdagi og'riq yaxshigina kuchayganini ko'rish mumkin. Men buni 3-kun bo'lgan deb o'ylagan ekanman. Aslida muammo Surxondan oldingi jarohatni to'liq tuzalib ketmagani sabab bo'lgan ekan. Tana yugurish davomida buni kompensatsiya qilayotgan ekan. Surxondan keyin 1 oy davomida faol harakatni keskin pasaytirishga majbur bo'lgan edim. O'ziga shukur, undan keyin jarohat bo'lmadi. Xotiralar muhim. Uni videoga olganimizdan hursandman. Sizlar bilan ham bo'lishish nasib qilgan ekan (aslida video tayyor bo'lganiga bir necha oy bo'ldi 😄. Menda shunga alohida e'tibor bo'lmagan edi). Balki foydasi tegar...