Перейти к содержимому

«Revmatizm. Kichik xoreya»

Bsmi video reports

0:00 / 0:00

«Revmatizm. Kichik xoreya»

3 613 просмотров · 3 г. назад
Bsmi video reports
5,2 тыс. подписчиков
3 613 просмотров · 3 г. назад
O‘tkir revmatik isitma (inglizcha - acute rteumatic fever, eski terminologiyada revmatizm, Sokolskiy — Buyo kasalligi) biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalligi hisoblanib, ko‘proq yurak qon-tomir tizimi (kardit, yurak nuqsonlari) zararlanishi, bo‘g‘im og‘rig‘i sindromi (artrit), teri (revmatik tugunlar, halqasimon eritema), nevrologik (xoreya) sindromlari bilan kechib, 7-15 yoshdagi bolalarda organizmiiig A guruhiga mansub beta-gemolitik streptokokkning antigenlariga bo‘lgan immun reaksiyasi hisoblanadi. O‘tkir revmatik isitma bilan yer kurrasi axolisining 2-4% xastalangan, ayniqsa iqtisodi past rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan. O‘tkir revmatik isitmaning birlamchi xuruji bolalik va o‘smirlik davrlarda (7-15 yoshda) sodir bo‘ladi, qariyalarda juda kam uchraydi. Ayollar erkaklarga nisbatan 2,5-3 marta ko‘p kasallanadilar. Oxirgi yillarda o‘tkir revmatik isitma bilan xastalanish va uning residivlarining soni kamaygan, buning sababi bemorlar o‘z vaqtida dispanser nazoratiga olinib, samarali muolajalarni qo‘llashdir.