Oshqozon og‘rig‘ida mutaxassis maslahatlari - MEDO
Medo - Tibbiyot portali
0:00 / 0:00
Oshqozon og‘rig‘ida mutaxassis maslahatlari - MEDO
872 790 просмотров · 5 лет назад
Medo - Tibbiyot portali
147 тыс. подписчиков
872 790 просмотров · 5 лет назад
Umrida oshqozon og’rig’ini boshidan o‘tkazmagan kishi bo‘lmasa kerak. Ko’pchilik ortiqcha suyuqlik ichish yoki ovqat iste’mol qilish tufayli oshqozonda yoqimsiz og’riqqa duchor bo’ladi. Ammo hatto kichik noqulaylik ham shoshilinch yordam ko’rsatishni talab qiladigan patologik jarayonning alomati bo’lishi mumkinligini hamma ham to‘g‘ri tushunavermaydi. Ba‘zan asabiylashganda ham oshqozonda og‘riq turadi. Bu holat odatda yoshlarda kuzatiladi.
Noto‘g‘ri ovqatlanish va kam harakatlilik natijasida insonda qabziyat kuzatiladi. Bu ham o‘z navbatida ovqat hazm qilish sistemasiga salbiy ta‘sir qiladi.
Bugun siz-u bizga juda yaxshi tanish bo‘lgan shifokor-gastroenterolog Xolida Ochilovaning oshqozonda og‘riq turganda, qorin dam bo‘lganida va qabziyatda uy sharoitida yordam beruvchi qimmatli maslahatlarini e‘tiboringizga havola etamiz!
#medo #oshqozon #mutaxassis #maslahat #xolidaochilova #xolida #ochilova