Перейти к содержимому

Tibbiyot vs tabobat: Isbot bilan ishlovchi ortopedlarning soxta tabiblar haqidagi fikrlari

CAU | MED36.6

0:00 / 0:00

Tibbiyot vs tabobat: Isbot bilan ishlovchi ortopedlarning soxta tabiblar haqidagi fikrlari

35 просмотров · 9 ч назад
CAU | MED36.6
13,3 тыс. подписчиков
35 просмотров · 9 ч назад
Bel, tizza yoki bo‘g‘imlardagi har qanday og‘riq darhol operatsiya qilinishi shartmi? Ushbu suhbatda AKFA MEDLINE Universitet klinikasi ortoped jarrohlari va Central Asian University ortopediya kafedrasi hodimlari Akbarjon Mirzayev, Vositbek Tursunov hamda Abduaziz Babakulov bilan ortopedik kasalliklar, dalillarga asoslangan tibbiyot (evidence-based medicine) va tabobat o‘rtasidagi muhim chegaralar haqida batafsil gaplashamiz. Statistikaga ko‘ra, ortopedik muammolarning 90% dan ortig‘i operatsiyasiz (konservativ davo, fizioterapiya va dorilar) orqali hal qilinishi mumkin. Qaysi holatlarda jarrohlik amaliyoti kechiktirib bo‘lmas zaruratga aylanadi? Soxta muolajalar tufayli yo‘qotilgan «oltin vaqt» qanday xavflarni keltirib chiqaradi? Savollaringizga shifokorlarimizning amaliy tajribasi orqali javob toping. 📌 Videoda nimalarni bilib olasiz: Ortoped qanday kasalliklar bilan shug‘ullanadi? Tabiblarning «1 seansda tuzatish» va «100% kafolat» va’dalari ortidagi xavf; Tizza og‘rig‘i va menisk jarohati har doim artroskopiyaga ko‘rsatmami? Konservativ davo qachon samara beradi va qachon kech bo‘ladi? Son suyagi boshchasi aseptik nekrozi va churralarda noto‘g‘ri massaj asoratlari; Hozirda ommalashgan PRP terapiya haqida haqiqat; Qachon va qaysi mutaxassisga ishonish kerak? ⏱️ Vaqt kodlari: 00:00 – Kirish. Tizer 01:02 – Mutaxassislar bilan tanishuv 02:30 – Soxta tabiblarning «100% kafolat»i 03:53 – Ortopedik muammolarning 90% konservativ davolanadimi? 05:15 – Dalillarga asoslangan tibbiyot va bemorlarning tibbiy savodxonligi 07:12 – Tabibga borish qachon kasallikni og‘irlashtiradi? 08:30 – Aseptik nekroz va yo‘qotilgan vaqt 10:00 – Internetdagi o‘z-o‘zini davolash va siniqchilarning xatolari 12:00 – Noto‘g‘ri muolajalar oqibatida singan umurtqa voqeasi 13:40 – Qaysi holatda shoshilinch operatsiya (artroskopiya) zarur? 16:00 – Menisk, boylam va tog‘ay jarohatlariga to‘g‘ri yondashuv 17:05 – PRP terapiya: kimlarga mumkin, kimlarga tavsiya etilmaydi? 18:45 – Umurtqa grijasi va unga noto‘g‘ri bosim o‘tkazish zarari 19:15 – Tizza artrozi, kamharakatlik va infarkt xavfi 21:05 – Ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy tavsiyalar va xalqaro tajriba 29:20 – Bemor o‘z salomatligi uchun qanday to‘g‘ri qaror qabul qilishi kerak? 🎗 Bosh homiylar: 🏛 Central Asian University (CAU) – O‘zbekistondagi xalqaro darajadagi ilk xususiy universitet. 📌 Batafsil: https://centralasian.uz/ 📞 Aloqa: +99 871 200 05 22 🏥 AKFA Medline University Hospital (AMUH) – O‘rta Osiyodagi ko‘p tarmoqli xususiy universitet klinikasi. 📌 Batafsil: https://akfamedline.com/ 📞 Aloqa: +99 871 203 30 03 📲 Bizni kuzatib boring! 📸 Instagram:   / cau_med36.6   ✈️ Telegram: https://t.me/cau_med36_6 📺 TikTok:   / med36.6   📖 Facebook:   / med36.6t   Boshqa videolarimizni shu yerdan ko'rishingiz mumkin:    • MED36.6 dan boshqa foydali videolar:   📽 Videolarimiz tayyor bo‘lishida bizni qo‘llab-quvvatlagan bosh homiylarimizga, shuningdek, CAU Media jamoasi va AMUH shifokorlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! #ortopediya #tabobat #doktor #MED36_6