“NEW PORT” DASTIDAN DOD, HOKIM 11 YILGA QAMALDI – HAFTA TAHLILI
Qalampir UZ
0:00 / 0:00
“NEW PORT” DASTIDAN DOD, HOKIM 11 YILGA QAMALDI – HAFTA TAHLILI
176 434 просмотра · 2 мес. назад
Qalampir UZ
1,72 млн подписчиков
176 434 просмотра · 2 мес. назад
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilib, uni O‘zbekistonga taklif qildi. Tramp taklifni qabul qiladimi?
Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi belgilandi, faoliyatga oid Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.
Endi tezlikni 80 km/soatdan oshirganlar “prava”sidan mahrum bo‘ladi, voyaga yetmaganlarga avtomobilini berganlar esa jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Toshkentdagi noqonuniy qurilishlar mashmashasi davom etmoqda. “New port” loyihasi qurilayotgan hudud aholisi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga uylaridan haydab chiqarilganlari va shaxsiy mulklari buzib tashlangani haqida murojaat bilan chiqdi, Toshkent shahar prokuraturasi tekshiruv boshladi, 9 ta ko‘p qavatli binodan 6 tasi noqonuniy qurilayotgani aniqlandi. Qurilishni olib borayotgan MChJ mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hokimlar esa odamlarning shaxsiy mulk daxlsizligini buzib, mahallalardagi xonadonlarga kirib borib, uy bekalarining ro‘zg‘or tutishini tekshirish, tandirning tozaligi, idishlarning yuvilganini aniqlash bilan band. Hafta davomida sodir bo‘lgan shu va boshqa voqealar tafsiloti bilan QALAMPIR.Uzning Hafta voqealari tahlili dasturida tanishasiz.
Qalampirni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram: / qalampir.uz
Telegram: https://telegram.me/qalampir
Facebook: https://fb.com/qalampir.uz
TikTok: / qalampiruz_rasmiy
Twitter: / qalampiruz
#qalampiruz #qalampir