OY va YUPITER sayyorasi birgalikda | Rustam Astro
Rustam Astro
0:00 / 0:00
OY va YUPITER sayyorasi birgalikda | Rustam Astro
2 301 просмотр · 1 дн. назад
Rustam Astro
11,6 тыс. подписчиков
2 301 просмотр · 1 дн. назад
🌙 Oy va Yupiter — osmonda bir-biriga juda yaqin! Ammo ular haqiqatan ham bir-biriga yaqinmi?
Bugun tungi osmonda ajoyib manzaraga guvoh bo‘ldim. Oy va Quyosh sistemasidagi eng katta sayyoralardan biri — Yupiter osmon gumbazida bir-biriga juda yaqin ko‘rindi.
Men bu go‘zal hodisani teleskop va kamera yordamida tasvirga oldim. Lekin eng qizig‘i, bizga yonma-yon ko‘rinayotgan bu ikki osmon jismi aslida bir-biridan nihoyatda uzoqda joylashgan.
🌍 Oy bizdan taxminan 384 ming kilometr uzoqlikda.
🪐 Yupiter esa yuzlab million kilometr uzoqlikda!
Xo‘sh, nega ular osmonda bir-biriga shunchalik yaqin ko‘rinadi? Bu hodisa qanday sodir bo‘ladi? Va biz bugun ko‘rayotgan Oy hamda Yupiter aslida qanchalik uzoq o‘tmishdagi holatida ko‘rinmoqda?
Keling, bu savollarga birgalikda javob topamiz!
🔭 Yashirin Olam — koinot sirlarini birgalikda kashf etamiz!
Agar video sizga yoqqan bo‘lsa, layk bosing va kanalga obuna bo‘ling!