DOLLAR SINADIMI? AQSHDAN OLTINLAR QAYTARIB OLINYAPTI
Qalampir UZ
0:00 / 0:00
DOLLAR SINADIMI? AQSHDAN OLTINLAR QAYTARIB OLINYAPTI
5 283 просмотра · 1 ч назад
Qalampir UZ
1,7 млн подписчиков
5 283 просмотра · 1 ч назад
Oltin shunchaki qimmatbaho metall emas. U davlatlar uchun eng og‘ir inqiroz kunlarida ham qiymatini saqlab qoladigan moliyaviy “sug‘urta” hisoblanadi. Shu sababli markaziy banklar o‘z oltinlarini qayerda saqlash masalasiga oddiy logistika muammosi sifatida qaramaydi. Zaxiralar saqlanadigan joy xavfsiz, tezkor sotuvlarga qulay bo‘lishi lozim.
Turli faktorlardan kelib chiqib Nyu-York mana shunday oltin zaxiralari saqlanadigan muhim shaharlardan biriga aylangan edi. Ammo so‘nggi paytlarda Yevropa davlatlari o‘z oltinlarini AQSHdan olib chiqib ketmoqda.
Niderlandiya 10 milliard dollardan ortiq oltin zaxirasini Shimoliy Amerikadan Buyuk Britaniyaga ko‘chirdi. Fransiya esa Nyu-York Federal zaxira bankida saqlangan 129 tonna oltinni mamlakatga qaytardi. Bu davlatlarning oltinni shunchaki boshqa seyfga solib qo‘yayotgani ortida jiddiy signal bor. Uzoq vaqtdan beri Yevropaning ishonchli hamkori bo‘lgan AQSH bugun prognoz qilib bo‘lmaydigan qarorlarni qabul qilmoqda. Trampning kayfiyati ob-havodan ham tez o‘zgarib qolishi va ko‘ngli tusagan farmonni e’lon qilishi mumkinligi eski do‘stlarni cho‘chitmoqda.
Xo‘sh, dunyoning eng yirik moliyaviy markazlaridan biri bo‘lgan AQSH nega oltin uchun avvalgidek qulay manzil bo‘lmay qoldi?
Qalampirni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram: / qalampir.uz
Telegram: https://telegram.me/qalampir
Facebook: https://fb.com/qalampir.uz
TikTok: / qalampiruz_rasmiy
Twitter: / qalampiruz
#qalampiruz #qalampir