BYD Uzbekistan xaridlarida raqobat cheklanyaptimi? | tanga.uz surishtiruvi
tangauz
0:00 / 0:00
BYD Uzbekistan xaridlarida raqobat cheklanyaptimi? | tanga.uz surishtiruvi
26 985 просмотров · 3 дня назад
tangauz
21,6 тыс. подписчиков
26 985 просмотров · 3 дня назад
🔗 To‘liq surishtiruv: https://tanga.uz/news/1739
Tanga.uz BYD Uzbekistan Factory’ning 2024–2025-yillardagi qariyb 300 ta shartnomasi va yuzlab tovar pozitsiyalarini o‘rgandi. Ayrim xaridlarda mahsulot nomi, markasi yoki artikuli bir tovarni, texnik xususiyatlari esa boshqa mahsulotni ko‘rsatishini aniqladik.
Surishtiruv uchta sanoat nasosi bo‘yicha sud ishidan boshlandi. Keyinchalik vakuum moyi, sanoat uskunalari, asboblar va boshqa xaridlardagi bir-biriga zid tavsiflar hamda elektron do‘kondagi raqobat mexanizmini o‘rgandik.
Bunday ofertalar boshqa yetkazib beruvchilarning narx bo‘yicha raqobatga qo‘shilish imkoniyatiga ta’sir qilganmi? Videoda surishtiruvning asosiy natijalarini tushuntiramiz.
Agar siz ham davlat xaridlarida shubhali yoki g‘alati holatlarga duch kelgan bo‘lsangiz, Tanga.uz tahririyatiga murojaat qiling: info@tanga.uz