Перейти к содержимому

She'riy lahza | Sog'inch tahlili | Sirojiddin Sayyid she'ri

IRFONTV

0:00 / 0:00

She'riy lahza | Sog'inch tahlili | Sirojiddin Sayyid she'ri

967 просмотров · 4 года назад
IRFONTV
90,1 тыс. подписчиков
967 просмотров · 4 года назад
SOGʻINCH TAHLILI Birovning sog‘inchi ezdi ko‘p yomon, Do‘stim, bu foje’ bir o‘zimga ayon. (Eski daftardan) Birovni sog‘inmay yashamoq og‘ir, Sog‘inib yashamoq undan ham og‘ir. Bu ham yetmaganday uch kundan buyon Yomg‘iru yomg‘ir. Sog‘inch diydiraydi loygarchilikda, “Chilp-chilp” tovush kelar. Yillar o‘prilar. Daryolar toshadi. Belanchaklarday Jim oqib ketgaylar osma ko‘priklar. Toshlar shu sog‘inchning yoshlari erur, Sog‘inib-sog‘inib toshga aylangan. Ko‘nglim tugunlarin yecholmayman men, Ular sog‘inch bilan boylangan. Men qachon chalindim o‘zi bu dardga, Bu sog‘inch kasalin yuqtirdim qachon? Qora bulut yanglig‘ sog‘inch yillarki, Ruhimda muallaq turibdi hamon. Na tarqab ketgaydir, Va na yig‘laydi. Oylar o‘tgan sayin u quyuq, quyuq. Shul sabab muzlayman saratonlarda, Yomg‘irlar ostida ketgayman kuyib. Sog‘inch ayrilmaydi mendan bir nafas. Doim birga borar mehmonga, to‘yga. Meni o‘tirgani qo‘ymaydi sog‘inch, Ezilib ketyapman, ketdik der, uyga. Dunyo poyafzalday poygakda qolar, Yoniq qoldiraman dahliz chirog‘in. Sog‘inch o‘zgalarni ko‘kartirsa gar, Meni kuydiradi oxir bu sog‘inch. O‘zimni silkitsam – barglar to‘kilar, Xazonimni ko‘rgil, xazonrez bog‘im! Umr o‘tmoqdadir. Lekin bir umr O‘tmay sil qiladi meni bu sog‘inch! Seni sog‘inmasdan yashamoq og‘ir, Sog‘inib yashamoq undan-da og‘ir. Seni sog‘inaman yoningda yurib, Bu ham yetmaganday-yomg‘iru yomg‘ir. Sog‘inch po‘stin yanglig‘ bosar yelkamdan, Bo‘ynimga sharf misol o‘raladir u. Kurab tashlash mumkin yoqqan qorlarni, Sog‘inch − mangu qordir. Kuralmaydi u. Sirojiddin Sayyid Musiqa muallifi:    • Ludovico Einaudi - Experience (Live At Fab...   Shiorimiz: Islomiy irfon ila dinimiz mohiyatiga nazar solmoq, sunnati Nabaviyga muvofiq hayot kechirmoqqa da’vat, ilmu ma’rifatga chorlov hamda moʻtadil uslub vositasida buyuk ajdodlar merosini xalqimizga yetkazmoq, bu masalada yurtimiz ulamolari va ustozlariga ergashmoq. Din bu ilmdir, ilmning haqiqati esa Dindir. IrfonTV onlayn ilmiy-ma’rifiy telekanali faoliyatini xolis Alloh yo‘lida qo‘llab-quvvatlashni istagan barchaga ushbu kartalar raqamlarini taqdim qilmoqdamiz. 8600 5103 2644 3079 UzCard 9860 2501 0191 4753 Humo 4602 9400 1292 0592 Visa UMAR RAXMANBERGANOV Murojaat uchun telegramdagi manzilimiz: http://t.me/irfontv_admin Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: http://myurls.co/irfontv   / irfontv   http://t.me/tvirfon   / tvirfon     / tvirfon      / irfontv