Перейти к содержимому

Telefon Sizdan Kuchlimi? Siz Buni Sezmayapsiz

Golib Rakhmatov

0:00 / 0:00

Telefon Sizdan Kuchlimi? Siz Buni Sezmayapsiz

554 просмотра · 3 недели назад
Golib Rakhmatov
555 подписчиков
554 просмотра · 3 недели назад
Siz telefoningizni boshqarasizmi yoki telefon sizni? Har kuni “atigi 5 daqiqa” deb telefonni qo‘lga olamiz. Lekin 5 daqiqa 30 daqiqaga, 30 daqiqa esa bir necha soatga aylanib ketadi. Eng xavflisi — biz buni odatiy hol deb qabul qila boshladik. Bu videoda telefon qaramligi ortida qanday psixologik mexanizmlar ishlashi, nega aynan kechqurun telefondan ajralish qiyinlashishi va eng muhimi — buni qanday to‘xtatish mumkinligi haqida gaplashamiz. Videoda: — Telefon nega bizni ushlab turadi? — “Decision fatigue” — qaror qabul qilish charchog‘i nima? — Nega telefon stressni aslida hal qilmaydi? — Telefon diqqatni jamlash qobiliyatimizga qanday ta’sir qiladi? — Nega oilamiz yonimizda bo‘lsa ham, biz telefonda bo‘lamiz? — Raqamli detoksni qanday boshlash kerak? — 21:00, 21:30 yoki 22:00 dan keyin telefon bilan qanday chegara o‘rnatish mumkin? Eng muhim savol esa boshqa: Bugun sizning e’tiboringizni kim boshqaryapti? Agar e’tiboringizni kim boshqarsa, vaqtingiz ham, qarorlaringiz ham, hayotingiz ham asta-sekin o‘sha tomonga ketadi. Videoni oxirigacha ko‘ring va bugun kechqurun o‘zingiz uchun bitta qat’iy qoida o‘rnating. #telefon #raqamlidetoks #intizom