Перейти к содержимому

Fancast #09. Dilbar G`afforova: Psixologlar ruhiy kasalliklar diagnozini qo`yishga haqqi yo`q

Fancast

0:00 / 0:00

Fancast #09. Dilbar G`afforova: Psixologlar ruhiy kasalliklar diagnozini qo`yishga haqqi yo`q

10 769 просмотров · 3 г. назад
Fancast
3,55 тыс. подписчиков
10 769 просмотров · 3 г. назад
Fancastning ushbu sonida biz Marburg universitetining psixologik klinikasining hodimasi Dilbar G`afforova bilan, muhim va afsuski, ko‘pincha tabu bo`lgan mavzu – ruhiy salomatlik haqida suhbatlashdik. Suhbat davomida ruhiy buzilishlar tashxisi qanday qo‘yilishi, psixologik klinika xodimlari bemorlar bilan muloqot qilishda va ularni davolashda qanday ko‘rsatmalarga amal qilishini bilib oldik. Dilbar G`afforova o‘zining kasbiy tajribasi va psixologik kasallik odamlar hayotiga qanday ta’sir qilishi va yordam berish uchun qanday resurslar mavjudligi haqida muhim tushunchalari bilan o‘rtoqlashdi. Biz, shuningdek, nega ruhiy salomatlik jamiyatimizda tabu mavzu bo'lib qolayotgani va stereotiplarni buzish va mavzu bo'yicha ochiq muloqotni targ'ib qilish nega muhimligi haqida to'xtaldik. Episodes: 00:00 Tizer 01:43 Kirish 02:18 Kimlar ruhiy kasal hisoblanadi? 05:42 Kasal tushunchasini qayta ko`rib chiqish zaruriyati 08:12 Kasallar bilan ishlash instruksiyalari, kasallar huquqi 16:16 Ruhiy kasallar diagnozi qanday qo`yiladi? 19:19 Depressiya 23:11 Ruhiy buzulishlarning geografik-iqlimiy ta'siri 25:10 Shizofreniya 31:40 Terapiya VS Farmakologiya 36:42 Statsionar davolanish tartibi 41:41 O`zbekistonda ruhiy kasal bo`lish 44:24 Ruhiy kasalliklar genetikasi 46:40 Ruhiy kasalliklarni stimullaydigan omillar 59:54 Ruhiy kasalliklarning yuqumlilik faktori 1:06:24 Inson ruhiyatida sotsiumning o`rni 1:12:27 Ruhiy kasalliklarni ijodga ta'siri 1:20:00 O`zaro iltifotlar