YARATGANGA SHUKUR 1997-2024 @uzb4k ЯРАТГАНГА ШУКУР ФИЛЬМ
Uz4ktv
0:00 / 0:00
YARATGANGA SHUKUR 1997-2024 @uzb4k ЯРАТГАНГА ШУКУР ФИЛЬМ
100 572 просмотра · 1 год назад
Uz4ktv
6 тыс. подписчиков
100 572 просмотра · 1 год назад
„Yaratganga shukur“ – 1997-yil suratga olingan mashhur oʻzbek filmi. Film oʻzbek va yapon kino ijodkorlari hamkorligida suratga olingan. U, shuningdek, 27 kunda suratgan olingan film sifatida ham mashhur.
Tarixi
1997-yili Yaponiyaning NHK korporatsiyasi 16 davlatdan maxsus konferensiya uchun saralagan yosh rejissorlar orasida Zulfiqor Musoqov ham bor edi. Konferensiya tashkilotchilarining talabiga koʻra, har bir rejissor oʻz xalqi hayoti haqida ssenariy yozishi taklif etilgan. Zulfiqor Musoqov rejissor Sakkey Imamuraga „Yaratganga shukr“ nomli ssenariyni koʻrsatganida u tanlov raisiga maʼqul kelgan va uning asosida film suratga olinishi belgilangan. Film 27 kunda suratga olingan va ilk namoyishi Tokiodagi „Osiyo filmlari“ kinofestivalida boʻlib oʻtgan.
„Yaratganga shukr“ filmi va „Kichkina tabib“ oldinma-ketin suratga olingan boʻlib, „Yaratganga shukr“ filmini tasvirga olish ijodiy jamoaning rejasida boʻlmagan. Ijodiy jamoa eʼtibori „Kichkina tabib“ga qaratilgan bir paytda „Yaratganga shukr“ filmini suratga olishga majbur boʻlishgan. Film oʻzbek va yapon kino muxlislari tomonidan iliq qabul qilingan.
#2025 #film #uzbekkino