“Allohim” - Yulduz Usmonova
AsriddinovTV
0:00 / 0:00
“Allohim” - Yulduz Usmonova
10 001 просмотр · 4 года назад
AsriddinovTV
70,2 тыс. подписчиков
10 001 просмотр · 4 года назад
“Allohim” - Yulduz Usmonova
Nazira as-Salom so‘zi
Yulduz Usmonova musiqasi
“Allohim”
Fusunkordir tog‘u qirlar bahorlarda,
Andaliblar nola qilar nahorlarda.
Bilganlarim bir tomchidir anhorlarda,
Sen bo‘lmasang olam qayda, ey Allohim.
Zurriyodim sevinchimga sevinch ular,
Uning uchun bo‘ldim agar bo‘lsam qullar.
Tirnog‘ini topolmasman kezib yo‘llar,
Sen bo‘lmasang bolam qayda, ey Allohim.
Nuridiydam parvonadir kecha-kunduz,
Qiyosiga qirq olamdan topolmam so‘z.
Barchamizga mehribonsan o‘zing yolg‘iz,
Sen bo‘lmasang onam qayda, ey Allohim.
Bolaligim saroyida buyuk sulton,
Qalqonim bor-hayot yo‘li tubsiz ummon.
Beadaddir buzrukvorim bergan imkon,
Sen bo‘lmasang otam qayda, ey Allohim.
Ko‘k toqidan qatra ilhom so‘rab ko‘rdim,
She'rlarimga dardlarimni o‘rab ko‘rdim.
Hislarimni kamalakka bo‘yab ko‘rdim,
Sen bo‘lmasang qalam qayda,ey Allohim.
Sen bo‘lmasang, ikki dunyom bo‘lar ro‘yo,
Tuproqman men, o‘zing qo‘lim yetmas qoya.
Islom qo‘ydi osmoningga pillapoya,
Sen bo‘lmasang choram qayda, ey Allohim