Перейти к содержимому

"Gul parvarishida mehr ham berish kerak!"

Paxtachi tumani / Пахтачи тумани

0:00 / 0:00

"Gul parvarishida mehr ham berish kerak!"

1 648 просмотров · 2 г. назад
Paxtachi tumani / Пахтачи тумани
24,4 тыс. подписчиков
1 648 просмотров · 2 г. назад
"Gul parvarishida mehr ham berish kerak!" Paxtachi tumani Hunarmad mahallasida istiqomat qiluvchi Zebo Otaqulova o’z xonadonida 4 sotix issiqxonasida xonadon gullarini parvarish qilib kelmoqda. Tikuvchilik kasbi bilan birga bolaligimdan gulga mehr quygan Zebo Otaqulova xonadonidagi pamidor, bodring yetishtiruvchi issiqxonadan tashqari qo’shimcha 4 sotixli issiqxona tashkil etib, olti yildan beri gulchilik bilan shug’ullanib kelmoqda. Issiqxonada 80 dan ortiq turli bebaho gullar parvarishlab, mahalliy bozorlarga chiqarmoqda. Birgina “Arab atirguli”ni 8 xil rangi yetishtirmoqda. “Gul savdosidan keladigan qo’simcha daromadga uylarimizni ta’mirlab, mashinalar oldik. Gulga qiziquvchilar uchun telegram guruh ochib, o’z maslahatlarimni berib kelmoqdaman.Gul parvarishida gulga mehr ham berish kerak” – dedi Zebo Otaqulova.