Blog boshlayotganlarning 90% shu xatoni qiladi | Nega ko‘pchilik blogini tashlab qo‘yadi?
Dilnoza Baxodirova
0:00 / 0:00
Blog boshlayotganlarning 90% shu xatoni qiladi | Nega ko‘pchilik blogini tashlab qo‘yadi?
20 просмотров · 13 дней назад
Dilnoza Baxodirova
62 подписчика
20 просмотров · 13 дней назад
Blog boshlamoqchimisiz, lekin nimadan boshlashni bilmaysizmi?
Ko‘pchilik blog boshlaganda bir xil xatoga yo‘l qo‘yadi: hamma narsani birdaniga ideal qilishga harakat qiladi.
Professional kamera, chiroyli fon, ideal kontent, ko‘p obunachi, tezkor sotuvlar… Natija esa kutilgandek bo‘lmaganda odam o‘zidan shubhalana boshlaydi, charchaydi va oxirida blog yuritishni tashlab qo‘yadi.
Aslida esa blog — bir kunda quriladigan narsa emas.
Bu video davomida:
00:00 — Blog boshlayotganlarning 90% qiladigan xatosi
00:17 — Noto‘g‘ri kutishlar va burnout
01:03 — Blogda qadam-baqadam rivojlanish
01:36 — Nega obunachi darhol sotib olmaydi?
02:15 — Blog uchun sabr va mehnat
02:31 — O‘z talentingizni qanday topasiz?
02:39 — Tajriba faqat harakat orqali keladi
03:01 — Sizning bilimingiz boshqalarga kerak
03:32 — Blog boshlash uchun kamera shart emas
04:09 — Eng muhimi — boshlash va to‘xtamaslik
Agar siz ham blog boshlamoqchi bo‘lsangiz, mukammal vaqtni kutmang.
Professional kamera yo‘qmi? Telefoningiz bilan boshlang.
Ideal svet yo‘qmi? Bor imkoniyatingizdan foydalaning.
Chiroyli fon yo‘qmi? Bu bahona emas.
Eng muhimi — boshlash, test qilish, analiz qilish va jarayonda o‘zingizni topish.
Chunki sizga nima mos kelishini faqat harakat qilib ko‘rganingizdan keyin bilasiz.
Agar video sizga foydali bo‘lgan bo‘lsa, kanalga obuna bo‘ling. Men bu blogda marketing, kontent, blog yuritish, shaxsiy brend va o‘zim olgan bilim va tajribalarimni ulashib boraman.
#blog #bloger #blogboshlash #kontent #shaxsiybrend #marketing #instagram #blogeryuritish