Перейти к содержимому

91 KASB ODOBLARI

Hilol Studio

0:00 / 0:00

91 KASB ODOBLARI

429 просмотров · 4 года назад
Hilol Studio
1,12 тыс. подписчиков
429 просмотров · 4 года назад
#ijtimoiy_odoblar #audiokitob #hazrat Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Ijtimoiy odoblar» nomli kitobning audio diski. BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM O'zining oxirgi kitobi Qur'oni karimni odoblarning bosh kitobi, O'zining oxirgi dini Islomni odoblar dini, O'zining oxirgi nabiysi Muhammad sollallohu alayhi vasallamni odoblar nabiysi qilgan Alloh taologa O'zining jaloliga munosib hamdu sanolar bo'lsin! Robbidan go'zal odoblarni qabul qilib olib, ummatlariga omonatdorlik ila topshirgan, odobli ummatni tarbiyalab, kamolga yetkazgan odoblar payg'ambari Muhammad Mustafoga, u zotning ahli baytiga va sahobalariga mukammal, batamom salavotu salomlar bo'lsin! Borliqni yaratgan Qodiru Zuljalol shu borliqning xalifasi etib insonni ham yaratgan. U O'zi yaratgan borliqda O'zi yaratgan odam qanday dasturga amal qilib yashasa, ikki dunyo saodatiga erishishini ham O'zi yaxshi biladi. Azaliy va chegarasiz ilmi ila bandalari uchun rioya qilinishi lozim bo'lgan odoblarni ham joriy qilgan. Biz ushbu kitobimizda mazkur odoblarning bir yo'nalishi bo'lmish ijtimoiy odoblar haqida so'z yuritmoqchimiz. © Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh Nomi: "Baxtiyor oila" Nashriyot: "Hilol-Studio" Chop etilgan sana: 2012