Перейти к содержимому

Bolalik armoni | Ta'm | Replay Team

Replay_team

0:00 / 0:00

Bolalik armoni | Ta'm | Replay Team

24 727 просмотров · 4 часа назад
Replay_team
334 тыс. подписчиков
24 727 просмотров · 4 часа назад
Insonni katta muvaffaqiyatlar sari nima yetaklaydi? Ba'zan bolalikdagi kichkina bir armon butun umrlik ulkan maqsadga aylanishi mumkin. 🥺 Ushbu ta'sirli videorolikda bolaligida yetishmovchilik sababli oddiygina ketchup tatib ko'rishni orzu qilgan va buning uchun kaltak yegan bolakayning hayoti hikoya qilinadi. Uning bu qilmishidan kuyingan, farzandiga hamma narsani muhayyo qila olmayotganidan ezilgan onaning ko'z yoshlari va mehr bilan tayyorlab bergan "qo'lbola ketchupi" bolaning xotirasida bir umrga muhrlanadi. Yillar o'tadi... O'sha oddiygina narsaga yetishmagan bola, onasining ko'z yoshlari haqqi tinimsiz mehnat qiladi. Va kun kelib, u aynan o'sha o'zi tatib ko'rishni orzu qilgan ketchupni ishlab chiqaruvchi butun boshli zavodni sotib oladi! Endi uni hech kim qulog'idan cho'zmaydi... 💪 Qiyinchiliklar insonni toblaydi. Onaning daldasi va to'g'ri qo'yilgan maqsad esa har qanday cho'qqini zabt etishga yordam beradi. Kanalimizga obuna bo'ling! Videoga Layk bosishni esdan chiqarmang, chunki biz siz uchun yangi va qiziqarli kontentni yaratish uchun tinimsiz ishlayapmiz! Yangi videolarni birinchi bo'lib tomosha qilish uchun qo'ng'iroqchani bosing va obuna bo'ling! Muqaddam ko'rgan filmlaringizdan taassurotlaringizni biz bilan bo'lishing, izohlarda fikrlaringizni kutamiz!