"Ha – yo'q" radioo'yini muallifining armonlari
Kun podkasti
0:00 / 0:00
"Ha – yo'q" radioo'yini muallifining armonlari
5 735 просмотров · 1 год назад
Kun podkasti
7,21 тыс. подписчиков
5 735 просмотров · 1 год назад
Kun podkastiʼning bu galgi sonida teleboshlovchi, radioboshlovchi hamda aktyor Muzaffarbek Mirzabekov bilan uning otasiz katta bo’lgani, bolalik vaqtlarida oilasiga yordam berish uchun somsa yopib sotganligi, teleboshlovchilikning oltin qoidalari, nutqni ravon qilish usullari, hatto farzandini tuproqqa qo’yib, ertasiga jonli efirga chiqishga majbur bo’lgani, efir davomida boshlovchilarning raqsga tushishlari, telekanallardagi reyting mashmashasi va boshqa aktual mavzularda suhbatlashdik.
00:00 Tizer
02:16 Kirish
03:50 Muzaffarbek Mirzabekov qiyinchiliklarga, nohaqliklarga duch kelganmi?
05:50 Bolalikda qanday kasblarda ishlashingizga to’g’ri kelgan?
08:15 “Muvaffaqiyatlarimning eng katta sababchisi – onam”
09:57 “Otasiz o’sgan farzand yomon yo’lda yuradi, degan fikr hammada bor…”
15:30 “Boshlovchilarning aksariyati jiddiy, ramkada, qotib qolgan, tayyor matnni robot ham o’qib bera oladi”
17:57 Muzaffarbek Mirzabekovning radioga ilk marta borgani haqida
21:24 “She’rni bitta nuqtaga qarab aytsangiz, adashmaysiz…”
22:30 Faoliyatingiz davomida kelishmovchilik sabab biror telekanaldan ketishingizga to’g’ri kelganmi?
23:27 Ijodkor radioni televideniyedan ustun ko’rishi haqida
27:40 Boshlovchi telekanalni ko’tarishi kerakmi yoki telekanal boshlovchini, degan savolga javob
30:56 “Ko’rsatuv qil, deyishgan, biroq kamera so’raganimda, berishmagan…”
35:49 Bugun boshlovchilik qilish qiyin bo’lib qoldimi?
38:40 “Raqsga raqqosa tushsin, men boshlovchiman!”
39:30 “Mahalla” telekanali, “Oqshomlar” dasturidagi holat bo’yicha ijodkorning munosabati
45:27 Muzaffarbek Mirzabekov jonli efirda qiyin vaziyatdan qanday chiqib ketardi?
47:05 Qaysi loyihada ishlaganingizdan afsus qilasiz?
52:12 Telekanallardagi reyting masalasiga ijodkorning munosabati
55:10 “Men shu paytgacha hech qachon rahbarlikka intilmaganman”
57:11 7 soniya davom etgan “Ha-yo’q” o’yini
58:36 Xulosa