Перейти к содержимому

Yangi xit! O'ynaylik sho'x navoga (Kayfiyatni ko'taruvchi taronamiz) 💃🕺

Ibrahim Chimyoniy

0:00 / 0:00

Yangi xit! O'ynaylik sho'x navoga (Kayfiyatni ko'taruvchi taronamiz) 💃🕺

171 просмотр · 7 ч назад
Ibrahim Chimyoniy
55 подписчиков
171 просмотр · 7 ч назад
She'rdan qo'shiqqa. Muallif she'rlaridan original qo'shiqlar. Aziz muxlislar va kanalimiz mehmonlari! 🎉 E'tiboringizga "O'ynaylik sho'x navoga" deb nomlangan yangi, sho'x va raqsbop taronamizni havola etamiz. Yomg'irning musaffoligini va qalbimizdagi quvonchni o'zida mujassam etgan bu qo'shiq sizlarga a'lo kayfiyat bag'ishlaydi degan umiddamiz. "O’ynamasdan chetda turgan birodar, Siz ham o’ynang, bir kelibsiz dunyoga!" 😉 👉 Agar qo'shiq sizga manzur bo'lsa, albatta LIKE bosing, do'stlaringizga ulashing va kanalimizga OBUNA BO'LISHNI unutmang! Fikr-mulohazalaringizni izohlarda kutib qolamiz. 🎤 Qo'shiq matni: Yomg’ir yog'di... Ko’chamizga yomg’ir yog’di sharillab, Chang g’uborni yuvib ketdi qoldirmay. Qaldiroqlar chopib o’tdi gumburlab, Bir-biriga so’zlash uchun gal bermay. Naqarot: Bardam bo’lib o’ynaylik sho’x navoga, Ovozimiz yetib borsin samoga. O’ynamasdan chetda turgan birodar, Siz ham o’ynang, bir kelibsiz dunyoga. Havo shunday musaffoki, tip-tiniq, O’pka to’lib nafas oldik nihoyat. Shu havoga yurak edi ko’p intiq, Tabiatdan bu bizlarga inoyat. Naqarot. Qani do’stim, yuzingdagi kulguni, Yashirmasdan kutib olgin bu kunni. Atirgullar bargin qoqar jo’r bo’lib, Qalbimizda quvonch daryo-ko’l bo’lib. #shoxqoshiq #oynaylikshoxnavoga #yangiqoshiq #uzbekmusic #shoxnavo #raqs #kayfiyat #yomgir #yangi_xit