Перейти к содержимому

Saudiyada 2 o‘zbek yaralandi - TIV | Ukrainaga bosqin

Ozodlik Radiosi

0:00 / 0:00

Saudiyada 2 o‘zbek yaralandi - TIV | Ukrainaga bosqin

98 431 просмотр · 21 ч назад
Ozodlik Radiosi
3,46 млн подписчиков
98 431 просмотр · 21 ч назад
Saudiya Arabistoni poytaxti Riyoddagi aeroportga raketa hujumi oqibatida ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi. O‘zbekiston TIV ularga tibbiy yordam ko‘rsatilganini bildirdi. Rossiyada «Yandeks»ning uchta data-markazi dronlar hujumiga uchradi. Kompaniya xizmatlarida, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham uzilishlar kuzatilgani xabar qilinmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainada yangi prezident saylashni taklif qildi. Shu bilan birga, Vashington Rossiya va Ukraina o‘rtasida energetika sulhiga erishilganini e’lon qildi. Kiyev esa kelishuv tafsilotlarini kutayotganini bildirdi. Eron AQSHga Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun yettita shart qo‘yganini ma’lum qildi va urush qayta boshlansa, mintaqadagi data-markazlar hamda sun’iy intellekt obyektlari nishonga olinishi mumkinligidan ogohlantirdi. Ozodlikda xalqaro xabarlar tafsiloti bilan tanishing. #ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #ozodnews #ozodlik2026 #aqsh #ukraina #rossiya #tramp #zelenskiy #putin #mirziyoyev #shavkatmirziyoyev #xabarlar #uzbek #uzbek_video #ukrainaurushi #uzbekiston #uzbekyoutube