Перейти к содержимому

🎵Go'zalim bu kecha men bilan qoling - Sulton Temurovich | Cover

Sulton Temurovich

0:00 / 0:00

🎵Go'zalim bu kecha men bilan qoling - Sulton Temurovich | Cover

1 036 просмотров · 2 дн. назад
Sulton Temurovich
776 подписчиков
1 036 просмотров · 2 дн. назад
🔔 Tarona yoqqan bo'lsa , obuna bo'lib, layk bosib qo'yishni unitmang. 🎼 Ushbu tarona shaxsiy vokalimning AI modeli yordamida yaratilgan. Aranjirovka, ovoz tahriri va ijro to‘liq shaxsiy yondashuvim mahsuli. 📌 Ushbu cover versiya, qo'shiq muallifiga hurmat saqlagan holatda yaratildi. Unitilmas tarona: Alijon Umarov ijrosidagi unitilmas tarona ( Go'zalim bu kecha men bilan qoling.) qo'shig'i yangicha talqinda. ▶️ Klipdagi ayrim kadrlar Mixkit saytidan, stock vediolardan olingan, saytga ham buning uchun rahmat aytamiz. Go'zalim bu kecha. Verse 1 Go'zalim bu kecha men bilan qoling, Sevgi, sevgiligim qilsin bu kecha. Sizga to'yib olay ulardan toning, Dunyo dunyoligin bilsin bu kecha, Bilsin bu kecha, dunyo dunyoligin bilsin bu kecha. Chorus Go'zalim bu kecha men bilan qoling, Go'zal tun bizlarni yutib ketadi. Hammasi maftunkor bo'lar, ishoning, Hammasi lahzada o'tib ketadi, O'tib ketadi, hammasi lahzada o'tib ketadi. Verse 2 Go'zalim bu kecha men bilan qoling, Sochingiz ichida adashib qolay. Sizsiz o'zimdan ham arazlab qoldim, Qoling siz bahona, yarashib olay, Yarashib olay, qoling siz bahona yarashib olay. Chorus Go'zalim bu kecha men bilan qoling, Omonat qalbimni ko'zlab qolasiz. Shunday sehrlayman, shunday chorlayman, Meni o'zingiz ham izlab qolasiz, Izlab qolasiz, meni o'zingiz ham izlab qolasiz. Verse 3 Go'zalim, bu kecha men bilan qoling. Go'zal qo'shig'imni aytib beraman. Pokiza tongimning og'ushlaridan Sizni o'zingizga qaytib beraman... Final Chorus Go'zalim bu kecha men bilan qoling, Go'zal qo'shig'imni aytib beraman. Pokiza tongimning og'ushlaridan Sizni o'zingizga qaytib beraman, Qaytib beraman, sizni o'zingizga qaytib beraman... Outro Sizni o'zingizga... ...qaytib beraman... #guzalim #covermuzic #sultontemurovich #sevgi #музыкадлядуши #музыкашазам